Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipini o‘rganish. Ishdan maqsad


Download 310.38 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi310.38 Kb.
#1597718
  1   2   3   4
Bog'liq
1-tajriba

1-TAJRIBA ISHI.


Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipini o‘rganish.


Ishdan maqsad:
Kengayish termometrlari va ularning ish prinsiplarini o’rganish.


Nazariy qism
Modda temperaturasi boshqa termometrik modda xususiyatining o’zgarishini nazorat qilish yo’li bilan aniqlanadi.
Temperaturani o’lchashda moddaning shunday xususiyatlari tanlanadiki, u temperaturaga bog’liq ravishda o’zgarsin. Bu talablarga termometrik moddalarning quyidagi xususiyatlari mos keladi: xajmiy kengayish, berk xajmdagi bosimning o’zgarishi, elektr qarshilikning o’zgarishi, elekr yurituvchi kuchning (E.Yu.K.) paydo bo’lishi va nurlanish intensivligining o’zgarishi. Bu xususiyatlardan foydalanib temperaturani o’lchash usullari ishlab chiqilgan.
Harorat jismni isitilganlik daajasini bildiradi. Haroratni o’lchovchi asbob bu termometr hisoblanadi.Termometrlar ham 5 turga bo’linadi:

  1. Kengayish termometrlari

  2. Manometrik termometrlar

  3. Termoelektrik termometrlar

  4. Qarshilik termometrlari

  5. Nurlanish termometrlari

1.Kengayish termometrlari. Bu termometrlar harorat o’zgarishi bilan suyuqlik yoki qattiq jismlar hajmi yoxud chiziqli o’lchamlarining o’zgarishiga asoslangan;
2.Manometrik termometrlar. Bu asboblar moddalar hajmi o’zgarmas bo’lganda harorat o’zgarishi bilan bosimning o’zgarishiga asoslangan.
3.Harorat ta‘sirida o’zgargan termoelektr yurituvchi kuchning o’zgarishiga asoslangan termoelektr termometrlar.
4.O’tkazgich va yarim o’tkazgichlarning harorati o’zgarishi sababli elektr Qarshilikning o’zgarishiga asoslangan Qarshilik termometrlar.
5.Nurlanish termometrlari. Ular orasida eng ko’p tarqalganlari:
a) optik pirometrlar–issiq jismning ravshanligini o’lchashga asoslangan; b) rangli pirometrlar – jismning Issiqlikdan nurlanish spektridagi energiyaning taqsimlanishini o’lchashga asoslangan; v) radiatsion pirometrlar–issiq jism nurlanishining quvvatini o’lchashga asoslangan.
Kengayish termometrlari suyuqlikli, dilatometrik va bimetalli termometrlarga bo’linadi.
Suyuqlikli shisha termometrlar –200 С dan +750 С gacha oraliqdagi haroratni o’lchash uchun ishlatiladi. Shisha termometrlarning ishlatilish usuli sodda, aniqligi etarli darajada yuqori va arzon bo’lganligi sababli laboratoriya va sanoatda keng tarqalgan.
Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi termometr ichiga o’rnatilgan termometr suyuqligining hajmi harorat kutarilishi yoki pasayishida o’zgarishiga asoslangan. Shisha termometrlarning suyuqligi sifatida simob, toluol, etil spirti, kerosin, petroley efir, pentan va boshqalar ishlatiladi.
1-rasmda suyuqlikli shisha termometri tasvirlangan. Suyuqlikli (shisha) termometrlar orasida eng ko’p tarqalgani simobli termometrlardir.



Download 310.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling