Сузиш спорти турларига умумии характеристика
BATTERFLYAY (DELFIN) USULI HAQIDA MA'LUMOT
Download 439.5 Kb.
|
Suzish
BATTERFLYAY (DELFIN) USULI HAQIDA MA'LUMOT
Batterflyay usulida suzishning kelib chiqishi va rivojlanishi brass usuli bilan bog'liq. 1928 yilgi IX Olimpiada o'yinlarida birinchi marta filippinlik T. Indelfons songacha eshish harakatini namoyish qilib (200 m-2. 56, 4), bronza medali sovrindori bo'lgan. 1934 yili rus suzuvchilari V. Uvarov, D. Vladimirovlar burilish devoriga yaqinlashganda qo'llarini havodan olib o'tishni qo'llashdi. Shundan boshlab batterflyay nomi kelib chiqdi. 1935 yil fevralida amerikalik E. Xiggins 100 m ga birinchi marta batterflyay usulida suzib 1. 10, 8 natija bilan Jahon rekordini 1, 6 sekundga yaxshiladi. Brassning yangi varianti ustida rus suzuvchilaridan S. Boychenko va L. Meshkovlar ish olib borishdi. 1935 yilning kuzida S. Boychenko 100 m ga batterflyay usulida suzib, 1. 08,0 natija bilan yangi Jahon rekordini o'rnatishga muvaffaq bo'ldi. Shu vaqtdan boshlab ikki sovet suzuvchisi 15 yil davomida Jahon birinchiligini qo'ldan boy berishmadi. Batterflyayning ustunligi XV Olimpiada o'yinlarida (1952) ma'lum bo'ldi. Bu 200 m final suzishlarida ishtirokchilarning batterflyay usulini qo'llashiga olib keldi. Shu sababdan, 1953 yil yanvaridan boshlab xalqaro suzish federasiyasi qarori bilan batterflyay mustaqil suzish usuli sifatida ajratilib, oyoq harakatlarini vertikal yuzada yuqoridan pastga yo'nalishda bajarishga ruxsat berildi. Batterflyay texnikasining keyingi takomillashgan varianti venger suzuvchisi D. Tumpek nomi bilan bog'liq. U oyoq harakati tarzini o'zgartirib, 1954 yili Jahon rekordini-1. 02,0 qo'lga kiritdi. Batterflyay usulida suzish texnikasining tezkor usuli «delfin»» deb nomlandi. Bunda gavda va oyoqlar vertikal yuzada tulqinsimon harakatni bajargan. XVI Olimpiada o'yinlarida (1956) hamma sportchilar delfin usulida suzishgan. Keyin (1957-1960) sportcha suzish usuli-batterflyay (delfin) texnikasi rivojlantirildi: a) harakat sur'atining oshishi va «qadam»ning qisqartilishi; b) gavda to'lqinsimon harakati va hujum burchagining kamayishi; v) yelkaning biroz yuqori va turg'un holati; g) biroz sayozlikda qo'llar bilan eshish; d) qo'llarning biroz keng holati; ye) so'llarni havodan olib o'tishning tezlashishi vasirpanishning kamayishi yuzaga keldi. Bundan tashqaritexnikani rivojlantirish yelka holatini bartaraf qilish, yuqori sur'at va eshish kuchini oshirish masalalarini hal etish bilan yakunlandi. Download 439.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling