Сузиш спорти турларига умумии характеристика


Download 439.5 Kb.
bet28/51
Sana24.04.2023
Hajmi439.5 Kb.
#1394825
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51
Bog'liq
Suzish

STARTLAR
Start olish-sportcha, ayniqsa, qisqa masofalarga suzishda katta ahamiyatga ega. Amalda start yaxshi olinganda 0, 5 sekunddan 1,0 sekundgacha vaqt yutish mumkin. Sportchilarning muvaffaqiyati yaxshi start olishga ko'p jihatdan bog'liq. Texnika jihatidan to'g'ri bajarilgan start suzuvchiga o'z gavdasining qulay holatini saqlash va masofa boshida zarur bo'lgan tezlikni yaratishga imkon beradi.
Sportcha suzishda startning ikki turidan foydalaniladi:
1) Supacha (tumbochka) dan start olish hamma usullarda qo'llaniladi.
2) Suvda turib, basseyn devoridan depsinib, start olish chalqancha yotib uzishda qo'llaniladi.
Start texnikasini yaxshi tushunish va o'rganish uchun uni shartln ravishda alohida elementlarga ajratish (bo'lish) maqsadga muvofiq. Masalan, dastlabki holat, tayyorgarlik harakati va depsinish, havoda uchish, suvga kirish va suvda sirg'anish, suv yuziga qalqib chiqish hamda suzish usuliga o'tish.
Supachadan sakrab start olish. Dastlabki holat-suzuvchining start oldi holati yetarli darajada yaxshi va tez sakrash uchun zarur bo'lgan vaziyatni ta'minlashi kerak. Eng yaxshi rus va xorijiy suzuvchilarning to'rli dastlabki holatlardan foydalanishi bizga ma'lum. Faqat ularning farqi quyidagicha: oyoq bo'g'imlaridan bukilish darajasi, gavdaning egilishi va qo'llar holatining tafovuti: orqaga, yonga yoki oldinga-pastga uzatish
Dastlabki holat ko'proq sportchilarning individual xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Tovonlar bir-biridan 15-20 sm parallel joylashib, panjalar bilan supachaning oldingi chetidan qisib turishni dastlabki holatning ko'proq maqsadga muvofiq shakli, deb hisoblash kerak. Oyoqlar tizza bo'g'imidan taxminan 130-160 daraja bukiladi. Son va gavdani oldingi yuzasi orasidagi burchak 40-60 darajaga yetguncha gavda oldinga egiladi (bukiladi), qo'llar orqaga-yonga yo'nalishda, kaft orqaga-yuqoriga qaratilgan bo'ladi. Suzuvchi og'irlik markazi start olish supachasining oldingi chetiga to'g'ri keladigan turg'un holatni oladi. Bunday holatdan, ijro etish komandasi berilishi zahoti, tayyorgarlik harakatini va depsinishni bajarish qulay.



Download 439.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling