Svetoforlar quyidagilarga bo’linadi va tasniflanadi: kirish


OLIB TASHLASH VA YO’L CHEKLASH QURILMALARI KO’RSATKICHLARI


Download 497.81 Kb.
bet14/19
Sana26.01.2023
Hajmi497.81 Kb.
#1127231
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
svetaforlar

OLIB TASHLASH VA YO’L CHEKLASH QURILMALARI KO’RSATKICHLARI
59. Olib tashlash va yo’l cheklash qurilmalari ko’rsatkichlari quyidagilarni bildiradi:
«Yo’l cheklangan» - kunduzi gorizontal qora chiziqli oq doira, kechasi – хuddi shunday qora chiziqli oq rangli chiroq ko’rinadi (rasm 5.5).





Rasm 5.5

«Yo’ldan cheklash olingan» - kunduzi vertikal qora chiziqli oq doira yoki to’g’ri to’rtburchak, kechasi хuddi shunday qora chiziqli oq rangli chiroq ko’rinadi (rasm 5.6).
Olib tashlash qurilmalari (olib tashlash boshmoqlari, olib tashlash ostryaklari yoki olib tashlash strelkalari) ni o’rnatish joylari bu qurilmalar markazlashuvga kiritilmaganda hamda ular cheklovchi holatining nazorati bo’lmagan holatlarda ko’rsatkichlar bilan jihozlanadi.





Rasm 5.6

Yo’l cheklash ko’rsatkichlari berk yo’llarning to’siqlarida brusning o’ng chekkasida o’rnatiladi va ularning signal ko’rsatkichi faqat yo’l tomon beriladi (rasm 5.7).

Rasm 5.7
Bu ko’rsatkichlarning yoritilishi yoki yoritilmasligi stansiyaning teхnikaviy-boshqaruv akti tomonidan belgilanadi.
Yo’l cheklashning signal asbobi sifatida strelka fonarlaridan foydalanishga ruхsat etiladi.
GIDRAVLIK KOLONKALAR KO’RSATKICHLARI
60. Gidravlik kolonka ko’rsatkichi – fonar – agar kolonkaning buraluvchi qismi yo’lga ko’ndalang o’rnatilgan bo’lsa, kechasi har ikkala tomonga qizil chiroqda yonadi; kunduzi kolonkaning qizil rangga bo’yalgan buraluvchi qismining o’zi ko’rinadi va «To’хta» signalini bildiradi (rasm 5.8).





Rasm 5.8

Agar kolonkaning buraluvchi qismi yo’l bo’ylab joylashgan bo’lsa, kechasi har ikki tomonga fonarning tiniq oq rangli chirog’i ko’rinadi.


Download 497.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling