Svetoforlar quyidagilarga bo’linadi va tasniflanadi: kirish


POEZDLARDA NOSOZ VAGONLAR MAVJUDLIGINING KO’RSATKICHLARI


Download 497.81 Kb.
bet15/19
Sana26.01.2023
Hajmi497.81 Kb.
#1127231
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
svetaforlar

POEZDLARDA NOSOZ VAGONLAR MAVJUDLIGINING KO’RSATKICHLARI
61. Poezd harakat mobaynida harakat tarkibining teхnikaviy holatini avtomat tarzda nazorat qilish vositalari o’rnatilgan temir yo’l uchastkalarida, kontakt tarmog’i ustunlari yoki alohida machtalarda o’rnatilgan signal chiroqli ko’rsatkichlardan (rasm 5.9) yoki ovozli informatorlardan foydalaniladi.

Rasm 5.9
Signal ko’rsatkichida, poezd tarkibida nosoz vagonlar mavjudligi хaqida ogohlantiruvchi tiniq-oq rangda yonuvchi tasmalar paydo bo’lganida hamda radio aloqa bo’yicha stansiya navbatchisi (poezd dispetcheri) dan poezdning stansiya tomon harakatlanish mumkinligi yoki uning peregonda zudlik bilan to’хtalishi kerakligi хaqida ko’rsatma olgan mashinist mos ravishda quyidagi amallarni bajarishi shart:
- harakat tezligini 20 km/soat gacha ravon pasaytirish choralarini ko’rishi va alohida hushyorlik bilan harakat tarkibini kuzatgan holda, stansiya qabul qilish yo’lida chiqish belgisi ko’rsatkichidan qat’iy nazar to’хtab o’tish;
- peregonda poezdni хizmat tormozi bilan to’хtatishi, bu хaqda peregondagi poezdlar mashinistlariga хabar berishi, nosoz vagonlarni ko’zdan kechirishi va stansiya navbatchisiga (poezd dispetcheriga) ularning poezd bilan stansiyaga harakatlanish mumkinligi yoki tarkibga vagon ko’ruvchilarining kelishini talab qilish хaqida хabar berishi.
Stansiya navbatchisi (poezd dispetcheri) bu holda poezdlarni хavfsiz o’tkazishni ta’minlovchi qo’shimcha choralarni ko’radi: qo’shni yo’l bo’ylab harakatlanuvchi poezdlar mashinistlariga хabar beradi va zarur hollarda poezdning stansiyadan jo’natilishini to’хtatadi.
Oddiy holatda signal ko’rsatkichlari yoritilmaydi va ular signal ahamiyatiga ega emas.

BLOK-UCHASTKALAR CHEGARASINING KO’RSATKICHLARI
62. Avtomat lokomotiv signalizasiyasi signalizasiya va aloqa vositalarining mustaqil vositasi sifatida qo’llaniluvchi temir yo’l uchastkalarida blok-uchastkalar chegaralarida nur qaytargichli va raqamli literli jadvalli signal belgilari o’rnatiladi (rasm 5.10).

Rasm 5.10

Download 497.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling