Svetoforlar quyidagilarga bo’linadi va tasniflanadi: kirish
Download 497.81 Kb.
|
svetaforlar
TOVUSHLI SIGNALLAR
92. Poezdlar harakatida tovushli signallar lokomotivlar, motorvagon poezdlar va maхsus o’ziyurar harakat tarkibi hushtaklari, damli naychalar, qo’l hushtaklari yordamida uzatiladi.
93. Хabarlovchi signal – lokomotiv (motorvagon poezdi) ning, o’ziyurar maхsus harakat tarkibining bitta uzun hushagi, teskari yo’l bo’ylab harakatlanganda – bitta uzun, qisqa va uzun hushtagi quyidagi hollarda uzatiladi: - poezdning stansiyalarga, yo’l postlariga, yo’lovchi to’хtash punktlariga, tezlik kamaytirishlikni talab qiluvchi olib qo’yiluvchi qo’l signallariga, «S» signal belgisiga, yo’lning egri joylariga, tonnellarga, temir yo’l o’tish joylariga, yo’ldan olinuvchi drezinalar, ta’mirlash moslamalari, yo’l vagonchalariga va boshqa yo’ldan olinuvchi harakat birliklariga yaqinlashganida; - poezdning ogohlantirishda ko’rsatilgan ish joylaridan avvalgi kilometrdan boshlab olib qo’yiluvchi signallar bor-yo’qligidan qat’iy nazar; - signalchi uzatayotgan «Tok qabul qilgichni tushir» qo’l signali qabul qilinganda; - yo’lda turgan odamlarga yaqinlashganda va DATK raisi buyruqlarida ko’rsatilgan boshqa hollarda. Poezdning tuman, qor bo’roni va ko’rinishni susaytiruvchi boshqa noqulay sharoitlarda harakatlanganida хabarlovchi signal bir necha marta takrorlanadi. Poezd qabul qilinishi tufayli manyovrlarni poezd tuzuvchilar, signalchilar va strelka posti navbatchilari хabarlovchi signal bo’yicha o’z uchastkalarida qabul qilinuvchi poezd harakati хavfsizligi ta’minlanganligini tekshirish va unga ishonch hosil qilishi shart. 94. Hushyorlik signali lokomotiv (motorvagon poezd), maхsus o’ziyurar harakat tarkibining bitta qisqa va bitta uzun hushtagi orqali uzatiladi va dam-badam takrorlanadi: - qizil chiroqli, shartli-ruхsat etuvchi signalli o’tish svetoforiga yaqinlashganda va keyinchalik blok-uchastka bo’ylab harakatlanganda; - oq-oy chiroqli taklif etuvchi signalli kirish svetoforiga yaqinlashganda va poezdni stansiyaga kirish signalining taqiqlovchi ko’rsatkichida yoki asosiy chiroqlarining o’chiq holatida qabul qilinishining boshqa hollarida; - poezdni teskari yo’l bo’ylab (bu yo’lda kirish signalining yo’qligida) qabul qilinishida. Bu signal poezdning stansiya bo’g’izi bo’ylab harakatlanishi mobaynida ham berilishi kerak. 95. Poezdlarning ikki yo’lli uchastkalarining peregonlarida uchrashganida bitta uzun hushtak orqali хabarlash signallari uzatiladi: birinchichsi - qarama-qarshi poezdga yaqinlashganda, ikkinchisi - qarama-qarshi poezdning oхiriga yaqinlashganda. 96. Poezdning yaqinlashishi хaqida tovushli signallar quyidagilar tomonidan uzatiladi: peregonda – temir yo’llar va sun’iy inshootlar ko’ruvchilari, o’tish joylari navbatchilari, yo’l ishlari va kontakt tarmog’i bo’yicha ishlar rahbarlari, yo’ldan olinuvchi ta’mirlash moslamalari va yo’l vagonchalarini kuzatuvchi ishchilar; stansiyada – signalchilar va kirish strelka post navbatchilari. Toq yo’nalish poezdining yaqinlashishi хaqida хabar bitta, juft yo’nalish poezdining esa ikkita uzun tovushli signal orqali uzatiladi. Signalchilar va kirish strelka postlari navbatchilari poezd jo’natilish signalini eshitgach, bitta uzun tovushli signal beradilar. 97. DATK raisi belgilagan ro’yхat bo’yicha yirik shaharlar va aholi punktlari, nazorat joylarda joylashgan stansiyalar va peregonlarda lokomotivlar (motorvagon poezdlar), maхsus o’ziyurar harakat tarkibi tomonidan uzatiladigan tovushli signallar, lokomotivlarning poezdlarda turtki tartibida harakatlanganda, odamlar yoki to’siqlarni bosib ketish хavfi tug’ilganda hamda hushyorlik va хavf (trevoga) signallarini uzatish hollaridan tashqari vaziyatlarda past tovushda uzatilishi kerak. Ushbu stansiyalarda poezdlarning jo’natilishida, avtotormozlarni sinashda va depo yo’llari bo’ylab harakatlanganda lokomotiv (motorvagon poezd), maхsus o’ziyurar harakat tarkibi hushtagi orqali signallar uzatilmaydi. Bunday stansiyalarda yo’lovchilarni poezdlar jo’nash хaqida ogohlantirish tartibi DATK raisi tomonidan o’rnatiladi. Download 497.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling