‘’Svilizatsiya’’ va ‘’Madaniyat’’ tushunchalari mazmuni va ularning tarixiy taraqqiyotda namoyon bo’lishi
Download 20.29 Kb.
|
‘’Svilizatsiya’’ va ‘’Madaniyat’’ tushunchalari mazmuni va ularning tarixiy taraqqiyotda namoyon bo’lishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sivilizatsiya
‘’Svilizatsiya’’ va ‘’Madaniyat’’ tushunchalari mazmuni va ularning tarixiy taraqqiyotda namoyon bo’lishi. «Sivilizatsiya» tushunchasini ijtimoiy rivojlanishning yovvoyilik va varvarlikdan keyin keladigan bosqichini ifodalash uchun ishlatish ma’lum ma’noda o‘rinli. Chunki bunday ma’noda ishlatilganda, «sivilizatsiya» tushunchasi kishilik jamiyati rivojlanishining ibtidoiy holatidan keyingi davrdagi butun holatini to‘laligicha qamrab oladi. Varvarlikdan sivilizatsiyaga o‘tish hunarmandchilikning dehqonchi-likdan ajralishi, tovar ishlab chiqarishning yuzaga kelishi, savdo-sotiqning paydo bo‘lishi va uni kasb qilib olgan savdogarlar qatlamining shakllanishi, metall pulning muomalaga kiritilishi, yozuvning paydo bo‘lishi, aqliy va jismoniy mehnatning bir-biridan ajralishi, siyosiy hokimiyatning qaror topishi kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi. «Madaniyat» va «sivilizatsiya» tushunchalari ko‘p hollarda sinonim sifatida yonma-yon ishlatiladi. Bunda «sivilizatsiya» tushunchasi ostida yaratilgan moddiy va ma’naviy yutuqlar nazarda tutiladi. Lekin sivilizatsiya haqida yuqoridagi fikrga qarama-qarshi bo‘lgan qarashlar ham mavjud. Nemis faylasufi O. Shpengler uni madaniyatning antipodi ma’nosida, ya’ni madaniyatning halok bo‘lish jarayonini, bosqichini tavsiflash uchun ishlatadi. Shpengler uchun sivilizatsiya – ijodiyot, ilhomlanish, ilhom, rivoj, ma’naviy boyish davri o‘rniga jamiyatning tosh qotishi, ijodning tang holatga kelishi, ma’naviy bo‘shliq davri bilan almashuvidir. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, sivilizatsiya kishiga bog‘liq bo‘lmagan, uning tashqarisida sodir bo‘layotgan tashqi hayot, olam, tashqi jarayondir. Madaniyat esa buning aksi bo‘lib, u aynan kishi ichki dunyosida vujudga keladigan jarayondir. Madaniyatning unday yoki bunday bo‘lishi kishi ichki dunyosining qay darajada boy yoki nochor ekanligidan dalolat beradi. Sivilizatsiya – avvalo, madaniyat yutuqlaridir. Bir madaniyatning o‘zi esa bir nechta sulola va davlatlardan uzoq yashashi mumkin. O‘z navbatida, bir sivilizatsiyaning o‘zi ham shunchalik uzoq umr ko‘radiki, umri davomida bir-birini bosib olgan turli davlatlarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sivilizatsiya turli hududlarga tarqalishi, ularni bosib olishi (faqat kuch ishlatish yo‘li bilan emas), yangi -yangi xalq va davlatlarni egallashi mumkin. Shuningdek, sivilizatsiya o‘z madaniy qadriyat va yutuqlarini boshqa bir sivilizatsiyaga berib, o‘zi yo‘qolib ketishi ham mumkin.Ayrim hollarda bir nechta sivilizatsiyalar birlashib, yagona sivilizatsiyani tashkil qilishi ham mumkin (masalan, grek-rim sivilizat-siyasi). Sivilizatsiyalar bir-biri bilan parallel ravishda yashashi yoki bo‘lmasa birin-ketin vujudga kelishi ham mumkin. Nima bo‘lganda ham, sivilizatsiya tarixi – madaniyat tarixidir. Sivilizatsiyani o‘rganish – undagi madaniyat rivojini o‘rganishdir. Sivilizatsiya madaniyatning aniq namoyon bo‘lishini, uning real mavjud hayotini aks ettirishidir. Sivilizatsiya madaniyatsiz, madaniyat-ning sivilizatsiyasiz, undan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emas. Chunki inson muayyan sivilizatsiya bag‘rida o‘tmish avlodlari tomoni-dan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirgan holda shakllanishi, kamol topishi mumkin.Madaniyat kelib chiqish jihatidan bir butunlikdagi yaxlit hodisadir. Lekin u hamisha izlanishda, rivojlanishda bo‘ladi. Demak, madaniyat o‘z xususiyatiga ko‘ra o‘zgaruvchandir. Ming yil ichida madaniyat shu darajada o‘zgaradiki, bemalol u madaniy holat bilan bu madaniy holat o‘rtasidagi sifat darajasini farqlash mumkin. Bu davrda yuz bergan o‘zgarishlarga qarab hattoki bemalol, o‘zaro o‘rin almashgan madaniyat turlari va shakllarini ajratsa bo‘ladi. Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida, parallel ravishda yashagan madaniyat turlari va shakllari ham mavjud bo‘lgan. Er. av. V asrda mavjud bo‘lgan qadimgi Gretsiya madaniyati bilan shu davrda sayyoramizning boshqa nuqtasida rivojlanayotgan madaniyat o‘rtasida farq bo‘lishi tabiiydir. Haqiqatan ham, turli ijtimoiy qatlamlarning madaniy qarashlari, qadriyatlari o‘rtasida sezilarli farqlar mavjud bo‘lgan va bu farq hozir ham ayrim g‘arb davlatlarida mavjud. Avvalo, bu xususiyat moddiy madaniyatda, ya’ni hayot tarzida, ta’lim olish imkoniyatlari darajasida, badiiy qadriyatlarni tanlash imkoniyatlarida ko‘rinadi. Ammo til, din, axloq -milliy madaniyatning birligini, yagonaligini ta’minlovchi asosiy omillardir. XX asrga kelib ilm-fan, texnika shu qadar jadal rivojlanib ketdiki, bu hol, ta’lim olish imkoniyatlari, hayot tarzi, badiiy madaniyatni tanlash o‘rtasidagi ijtimoiy qatlamlararo chegarani olib tashladi. XX asr madaniyat turlarining yangicha ko‘rinishini: ommaviy va elitar madaniyatni vujudga keltirdi. Xo‘sh, bu madaniyatlar bir madaniyat turi ichidagi har xil yo‘nalishlarmi yoki boshqa-boshqa madaniyat turlarimi? Yuzaki qarashda, har ikki madaniyat ko‘rinishi bir jamiyat ichida vujudga kelgan bo‘lib, bir madaniyat turining ikki xil yo‘nalishidek tuyulsa-da, aslida ularning bir-biriga o‘xshamasligi doimo o‘zaro qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Shu narsa aniqki, bu ikki madaniyat o‘rtasida farq bor. Lekin bu farq siyosiy yoki ijtimoiy tengsizlik natijasi yuzasidan vujudga kelmagan XX asrda madaniyat bo‘linishining yana bir ko‘rinishi – bir-biriga aslo o‘xshamaydigan turlarni keltirib chiqardi. Ya’ni, bugungi kun zamonaviy madaniyatida ikki xil ko‘rinishli madaniyat turlari mavjud. Birinchisi, ijtimoiy-gumanitar fanlarga asoslangan odob, axloq, shaxs, san’at va boshq. Ikkinchisi, tabiiy fanlar yutug‘iga asoslangan sanoat, texnologiya kabi texnik jarayonlar madaniyatidir. Bu holat umumiy madaniyatning butunligini, yagonaligini sindiradi. Balki, bu ikki madaniyat turini alohida-alohida olmasdan, bitta, yagona madaniyat turining har xil yo‘nalishi deyish to‘g‘ri bo‘ladimi? Bitta madaniyat turining har xil yo‘nalishi sifatida ommaviy va elitar madaniyatni ham nazarda tutish to‘g‘ri bo‘ladimi? Bu savollarga ingliz olimi CH .P Snou o‘z asarlarida to‘xtalgan Biz esa turli sivilizatsiyalarda uchraydigan boshqa-boshqa madaniyatlarning o‘zaro aloqasiga to‘xtalib o‘tamiz. Kitobxon diqqat qilgan bo‘lsa, ushbu mavzu boshida madaniyatshunoslar (O Shpengler-dan tashqari) bir necha sivilizatsiyani sanab o‘tib, shundan so‘ng ushbu sivilizatsiyalardagi madaniyatlarning o‘ziga xosligini o‘rganishadi, deb ta’kidlagan edik. (Yodingizda bo‘lsa, O Shpengler 8-9 ta sivilizatsiyani, N YA Danilevskiy 10 ta svilizatsiyani, A Toynbi 20 ga yaqin Download 20.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling