Swot tahlil biznesni busiz boshlash taqiqlanadi!
Kuchli Tomonlar (Strengths)
Download 0.6 Mb.
|
SWOT TAHLIL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zaif tomonlar (Weaknesses)
- Imkoniyatlar (Opportunities)
Kuchli Tomonlar (Strengths):
Yo‘naltiruvchi savollar: Loyihani amalga oshirishda boshqalardan qanday afzalliklaringiz bor? Yetarli tajribaga egamisiz? Qaysi qobiliyatlaringiz loyihaga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin? Sizga yordam beradiganlar kimlar? Qancha mablag‘topa olasiz? Raqobatchilardan qanday ustunliklaringiz bor? Nimalar borasida muvafaqqiyatga erishishingiz mumkin? * Bir necha yil oldin Qo‘qon shahridagi shu kabi sport markazida oddiy karate murabbiysidan rahbargacha ko‘tarilganman. Shu sohani va uni boshqarishda nimalar kerakligini juda yaxshi bilaman. * Men hozirgi kunda boshqarib kelayotgan nodavlat tashkilotim shaharda juda taniqli, tashkilotim orqali reklama qilish va yangi markaz to‘g‘risida ma’lumot tarqatishim oson bo'ladi. * Hokimiyat bizga shahardagi qarovsiz bo‘lgan va toshloq holatdagi joyni 10 yil muddatga bepul ijaraga bermoqchi. Joyi yaxshi va u yerga shahar transporti boradi. Bu yerda ijara to‘lamasdan 10 yil ichida foyda qilsak bo'ladi. * Men bir necha yildan beri rahbar bo‘lib ishlab kelmoqdaman va kuchli rahbarlik qobiliyatiga egaman. Shuning uchun ishni osongina tashkil qila olaman. Zaif tomonlar (Weaknesses) : Yo‘naltiruvchi savollar: Qanday kamchiliklar mavjud? Qanday to‘siqlar bor? Yetarli mablag‘ni topa olasizmi? Boshqa qanday qiyinchiliklar bor? Raqiblaringizning sizdan qanday ustunliklari bor? * Markazga ajratilgan joyni remont qilish kerak, u ko‘p mablag‘ va vaqt talab qiladi. * Dang‘aradagi yoshlarda qanday sportga qiziqish borligi to‘g‘risida bizda ma’lumot yo‘q. * Ba’zi mutaxassislar yetishmaydi. Imkoniyatlar (Opportunities): Yo‘naltiruvchi savollar: Qanday imkoniyatlar mavjud? Loyihangiz bugungi kunda qanchalik kerakli va muhim? Loyiha kimlarga yoqishi mumkin va kimdan qo‘shimcha ko‘mak olishingiz mumkin? Qanday imtiyozlar mavjud? Loyihani amalga oshirish natijasida siz uchun qanday yangi imkoniyatlar yaratilishi mumkin? * Bu kabi sog‘lomlashtirish markazi Dang‘arada mavjud emas, shuning uchun raqobat ham bo‘lmaydi. * Hozirgi kunda shu kabi tashabbuslarni ko‘plab grant jamg‘armalari qo‘llab-quvvatlamoqda va loyihaga mablag‘ topish oson bo‘ladi. * Remont uchun imtiyozli kredit olish imkoniyati bor. * Toshkentdagi katta sport markazlari o‘zlarining ishlatilgan sport anjomlarini xayriya sifatida berishlari mumkin. * Juda ko‘p yoshlar bugungi kunda bekor yuribdi. Agar sport bilan shug‘ullanishsa yoki yangi hunar o‘rganishsa, jamiyat ravnaqi uchun katta hissa bo‘ladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling