Idrok xaritasi” (Konseptual xarita) metodi
«Idrok xaritasi» (Konseptual xarita) adabiyotda turli nomlar bilan uchraydi: «Idrok xaritasi», «Konseptual xarita», «Kartografiya konsepsiyasi», «Intellektxarita» - fikrlarni taqdim qilish va bog‘lash usuli bo‘lib, u o‘quvchilarda tassavvur qilish va fikrlarni tizimlashtirish, o‘rganilayotgan mavzudagi bosh g‘oyalar yoki asosiy tushunchalarni, birlamchi tushunchalarni izohlashga yordam beruvchi ikkilamchi va uchlamchi g‘oyalar yoki tushunchalarni ajratish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
Taklif etilayotgan usul yangi bilim va axborotlarni konspektlashtirishning standart chizmasini ishlashga xizmat qiladi va darsning uzundan uzoq konspektini yozish yukidan halos etadi.
Xaritani tuzish o‘quvchiga:
asosiy, ikkilamchi, uchlamchi (va ho kozo) shoxchalar (chiziqlar) larni ishlatish hisobidan ierarxik tartibda mavzuning asosiy g‘oyalarni strukturalashga;
ravshan va rangli obrazlar orqali g‘oyani kuchaytirishga;
ular orasidagi bog‘liqlikni namoyish etishga;
rang, shrift razmeri, bo‘rttirish va ho kozolar bilan konsepsiyalarni ajratishga;
maxsus belgilar yordamida g‘oyalarni baholash va izohlashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |