Sxema bosqichida mexanizmlarni loyihalash uch xilga bo’linadi


Krivoship-kulisali mexanizm


Download 383 Kb.
bet3/3
Sana26.06.2023
Hajmi383 Kb.
#1655089
1   2   3
Bog'liq
1523465516 71001

Krivoship-kulisali mexanizm.
Krivoship-kulisali mexanizmlar silkinuvchi va aylanuvchi kulisalilarga bo’linadi. Kulisasi silkinuvchi krivoship-kulisali mexanizmda (11.5a-rasm) krivoshipning aylanish markazi va kulisaning silkinish nuqtasi oralig’idagi H masofa krivoship uzunligidan katta bo’lishi kerak (H > l1), kulisali aylanuvchi krivoship-kulisali mexanizmda (11.5 b-rasm) bu masofa krivoship uzunligidan kichik bo’lishi kerak (H < l1).

11.5-rasm
SHunday qilib, krivoshipning mavjudlik sharti kulisali mexanizmlarda shunday ifodalanadi:

________________

Ba’azi bir mexanizmlarni loyihalashda, ruxsat etilgan bosim burchagini hisobga olib, zvenolar o’rtasida kuchlarni uzatish sharti ni bajarilishini ta’mirlanishi kerak. Bu misolda ko’rib chikamiz.


Ruxsat etilgan bosim burchagini hisobga olib
koromislo-kulisali mexanizmni loyihalash
Bosim burchagi – bu 17.6 a-rasmda ko’rsatilganidek kuch vektori va bu kuch qo’yilgan nuqtaning tezlik vektori orasidagi o’tkir burchak. Rasmdan ko’rinib turibdi, eng yaxshi kuchni uzatish sharti kuch harakati chizig’i va tezlikni ustma-ust tushishida, ya’ni α = 0. Bosim burchagi qancha katta bo’lsa, shuncha kuchni uzatish sharti yomonlashadi, uning tashkil etuvchisi zveno harakatiga qarshilik ko’rsatadi. Bu tashkil etuvchi harakatga qarshilik ko’rsatib, A sharnirda ishqalanish hosil qiladi (11.6-rasm). Agar α = 900 harakatlanish bo’lmaydi; A sharnirdagi ishqalanishni hisobga olmaganda. Agar uni hisobga olsak, u holda kuchni uzatish va zveno harakati orasidagi bosim burchagi 90° minus ishqalanish burchagi bo’lsa, zveno harakatdan to’xtaydi. (ko’pincha ishqalanuvchi material va moylanishiga qarab ishkalanish burchagi φt = (3  5)° oralig’ida bo’ladi).

11.6-rasm

Sterjenli mexanizmlarni ishlash davrida bosim burchagining qiymati kuchni bir zvenodan ikkinchi zvenoga uzatishda o’zgaradi, mexanizmni loyihalashda berilgan ruxsat etilgan bosim burchagi [α] oshmasligi kerak.


Cilkinuvchi gidrotsilindrli mexanizmni loyixalashda bu burchak qanday hisobga olinishini ko’rib chiqamiz. 11.6 b-rasmda ko’rsatilganidek bu mexanizm kuzovni ag’darish mexanizmi hisoblanadi (samolyot oyoqlarini olishni loyihalash ham shunga o’xshashdir). Uni loyihalashda shtok 2 dan gidrotsilindr 3 kuzov 1 ga kuchni uzatish shartini hisobga olish kerak. Bu shartlar silkinuvchi gidrotsilindr S nuqtasining joylashish joyiga qarab o’zgarishi mumkin. Bu nuqtaning holatini aniqlash metodi 17.6 v-rasmda berilgan. Berilgan qiymatlar quyidagicha:
- AB zvenoning uzunligi;
- AB zvenoning burilish burchagi, ya’ni, uning chetki AB’ va AB’’ holatlari;
- gidrotsilindrning silkinish nuqtasi va B nuqta orasidagi minimal masofa, ya’ni BCmin;
- B nuqtadagi ruxsat etilgan bosim burchagi [α].
Silkinuvchi gidrotsilindr S nuqta holatini aniqlash talab etiladi.
Mexanizmni chetki holatlarida kuchni uzatish sharti eng murakkab bo’lganligi uchun, zvenoning AB’ va AB’’ holatlarini ko’ramiz. Gidrotsilindr shtoki AB zvenoga B nuqtada bo’langanligi sababli, kuch gidrotsilindrdan zvenoga bu nuqta orqali uzatiladi. Kuch vektori tezlik vektori bilan B nuqtada istalgan burchak hosil qiladi, ruxsat etilgan bosim burchagi oralig’ida. B’ nuqtadan tezlik ta’sir chizigini zvenoga perpendikulyar qilib o’tkazamiz, va bu chiziqdan soat strelkasi yunalishida [α] burchakni qo’yamiz. Bu ikkilangan burchakning ichida gidrotsilindrning kuch vektori yotadi, yoki B’C kesma, B’ nuqta bilan gidrotsilindr silkinish nuqtasining uchrashgan nuqtasidir. B’’ nuqtada o’xshash qurilishlarni qilib, B’ va B’’ nuqtadan ikkita ikkilangan [α] burchakni qo’yib, 17.6 – rasmda shtrixlangan umumiy zona chegaralarini hosil qilamiz. Agar kuch gidrotsilindrdan zvenoga B nuqta orqali bu zonaning ichida joylashib o’tqazilsa, bu kuchni uzatish sharti zvenoning ikki chetki holati uchun yaxshi bo’ladi. Bu zonaning ichida gidrotsilindrning silkinish nuqtasi B’ nuqtadan BCmin oralig’ida joylashadi.
Konkret C nuqtaning o’rni BCmin radiusida qo’shimcha konstruktiv shartlarni berib topiladi, agarda ular yuq bo’lsa, ixtiyoriy tanlanadi.
Download 383 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling