Сўз санъати халқаро журнали


СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART


Download 404.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana29.03.2023
Hajmi404.54 Kb.
#1308210
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3817-Текст статьи-7689-1-10-20220117

СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART
№6 | 2021
94 
2. A+N. 7. Adv+V. 
3. A+V. 8. A+V. 
4. Adv+N. 9. Q+V. 
5. P+N. 10. V+V. 
Yuqoridagilar ikkita so‘zdan iborat so‘z birikmasi modellaridir. Uch va undan ortiq so‘zdan 
iborat so‘z birikmasi uchun ham yuqoridagi kabi modellar ishlab chiqilishi kerak. Bu jarayon 
matnning avtomatik sintaktik tahlilini amalga oshirishga yordam beradi. Ko‘p ma’noli so‘zlar va ular 
bilan birikadigan so‘zlarning ro‘yxati hamda tasviriy ifodalar ham alohida kiritilishi lozim.
Bosh so‘zning talabi bilan ergash so‘zning ma’lum grammatik vositani olishi boshqaruv d
eyiladi. Boshqaruv ikki xil bo‘ladi: 
a) kelishik yordamidagi boshqaruv:
Bosh kelishik: - ( bitishuv).
Qaratqich kelishigi: -ning ( moslashuv).
Tushum kelishigi: -ni (boshqaruv ).
Jo‘nalish kelishigi: -ga-ka,-qa ( boshqaruv).
O‘rin-payt kelishigi: -da (boshqaruv).
Chiqish kelishigi: -dan (boshqaruv).
Boshqaruv: olmani terish, ko‘chaga chiqmoq, maktabda o‘qimoq, ishdan qaytmoq; 
b) ko‘makchi yordamidagi boshqaruvda ergash so‘z bosh so‘zga ko‘makchi yordamida birik
adi: kasb haqida insho, ko‘prik orqali o‘tish.
Boshqaruvda ayrim hollarda grammatik vosita ifodalanmasligi mumkin: kitob o‘qish.
Boshqaruv munosabatli so‘z birikmalarining quyidagi modellari mavjud: 
1. N+CM/ Pr+V. 9. A+ CM/Pr+A. 
2. V+C/Pr+V. 10. Q+ CM/Pr+Adv. 
3. Adv+CM/Pr+V. 11. N+ CM/Pr+N. 
4. A+CM/Pr+V. 12. N+ CM/Pr+A. 
5. P+CM/Pr+V. 13. N+ CM/Pr+Adv. 
6. Q+ CM/Pr+V. 14. N+ CM/Pr+Q. 
7. Im + CM/Pr+V. 15. N+ CM/Pr+P.
8. P+ CM/Pr+A. 
So‘z birikmalarini modellashtirib olish faqat tarjima jarayonini tezlashtiribgina qolmaydi
balki o‘zbek tilini o‘rganishni osonlashtiradi ham. So‘z birikmalarining kombinatorik lug‘atini 
yaratish kompyuter lingvistikasi oldida turgan dolzarb vazifalardandir.
O‘zbek tilidagi matnlarni erkin kontekstli grammatika asosida tahlil qilish uchun, dastlab, 
tilning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash lozim. Tahlil jarayonida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan 
quyidagi holatlar mavjud: 
 Suffikslar bilan hosil bo‘luvchi birikmalar strukturasi 
 Gap tarkibida bo‘laklar tartibining erkin ekanligi 
 Gapdagi kesim va boshqa bo‘laklarning bir-biriga moslashuvi 
Sifatdosh, ravishdosh, harakat nomining mavjudligi 
 Qo‘shimchalar qo‘shilganda so‘z tarkibining o‘zgarishi.
Har bir bo‘lak gapda ma’lum bir vazifani bajaradi. Turkiy tillarga xos strukturalardan 
foydalangan holda, o‘zbek tilida quyidagi birikmalar mavjud deb aytish mumkin: 
 P1: Ega birikma 
 P2: Nominativ obyektli birikma 
 P3: Vositasiz to‘ldiruvchili birikma 
 P4: Yo‘nalishni ifodalovchi birikma 
 P5: Makonni ifodalovchi birikma 
 P6: Manbani ifodalovchi birikma 
 P7: Ravishli birikma 
 P8:Ko‘makchili birikma 



Download 404.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling