Сўз санъати халқаро журнали


СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART


Download 404.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana29.03.2023
Hajmi404.54 Kb.
#1308210
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3817-Текст статьи-7689-1-10-20220117

СЎЗ САНЪАТИ ХАЛҚАРО ЖУРНАЛИ | МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА | INTERNATIONAL JOURNAL OF WORD ART
№6 | 2021
95 
B.Hoffman tadqiqotlariga ko‘ra, turkiy tillarda gap bo‘laklarining tartibi qat’iy emas. Gap S turli 
ketma-ketlikdagi P1 P2 P3 P4 P5 P6 P7 P8 lardan iborat bo‘lishi mumkin. O‘zbek tilidagi gaplar 
tarkibidagi so‘zlar, xususan, ega va kesim, qaratqich aniqlovchili birikma o‘zaro ham grammatik, 
ham semantik jihatdan moslashishi ham tahlil jarayonida inobatga olinishi kerak.
O‘zbek tilida ham rekursivlik hodisasi mavjud. Gap tarkibidagi erkin tartibli P1 P2 P3 P4 P5 P6 
P7 P8 P9 P10 kabi birikmalar umumlashtirilgan holda p deb belgilansa, ko‘plab turkiy tillar singari, 
o‘zbek tilidagi sodda gaplarning asosiy qismi “p+ V+ suffix” qolipiga mos tushadi. Qo‘shma gaplar 
esa “S S1+ C+ S2” yoki “Sp+ V+ suffix+ C+ p+ V+ suffix” bilan belgilanishi mumkin. Bu yerda 
“S” – qo‘shma gap “S1, S2” – qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar, “C” – bog‘lovchi (bog‘lovchi 
vazifasidagi boshqa ifodalar ham), “+” – bog‘lovchi operatorni ifodalash uchun xizmat qiladi.
Berke O‘zench va Erjan Solakning fikriga ko‘ra, turk tilidagi bo‘lishsizlik va zamon 
qo‘shimchasini alohida guruhlarga ajratish, shaxs-son qo‘shimchalarini esa zamon qo‘shimchalari 
bilan bir guruh qilish mumkin. Buning asosiy sababi zamon va shaxs-son qo‘shimchalarining doimo 
ketma-ket tartibda kelishidir. Tillar strukturasidagi o‘xshashlikni hisobga oladigan bo‘lsak, bu holatni 
o‘zbek tilidagi gaplarga ham tatbiq qilish mumkin. Chunki o‘zbek tilida ham zamon va shaxs-son 
qo‘shimchalari ketma-ketlikda keladi. Ularni kombinatsiya holatida berish tahlil jarayoniga ketadigan 
vaqtning ham tejalishini ta’minlaydi.
Erkin kontekstga asoslangan grammatika yordamida tahlil jarayonini amalga oshirishda 
fe’lning vazifadosh shakllariga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Sifatdosh, ravishdosh va 
harakat nomi qatnashgan gaplar tuzilishi jihatidan murakkablashadi. Harakat nomi va sifatdoshni otli 
birikma tarkibiga kiritish mumkin. Ravishdoshni esa ravishli birikmalar tarkibida tahlil qilsa bo‘ladi.
P7 ravishdosh| payt| o‘rin-joy| holat|miqdor (P8: Ravishli birikmalar) 
X
X
| X
| ot | olmosh va h. k (X: NP) 
Erkin kontekst asosidagi grammatika qoidalaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, sintaktik daraxt 
modelida fe’l asosi va shu fe’lning xususiyatlarini ko‘rsatuvchi holni bir shoxga birlashtirish mumkin. 
Bu holatda fe’l asosi (VS) ravish (Adv) bilan birlashib VPS ni hosil qilishi mumkin.
Morfo-sintaktik tahlil jarayonida so‘zlarni turkumlarga bo‘lib sintaktik daraxt modelini 
yaratibgina qolmasdan, qo‘shimchalarning ham grammatik ma’no anglata olishiga e’tibor qaratish 
lozim bo‘ladi. Bu gapdagi so‘zlarni belgilangan kategoriyalarga ajratish bilan amalga oshiriladi. 
Aniqroq va tezroq natijaga erishish mashinaning shu til strukturasini qanchalik o‘rgana olishi, ya’ni 
sintaktik analiz qilingan korpus tarkibidagi matnlarning hajmi va xilma- xil qurilishga ega ekanligiga 
bog‘liqdir.
Gap tarkibidagi mantiqiy urg‘uning ko‘chishi gap bo‘laklari tartibining o‘zgarishiga sabab 
bo‘ladi. Shu sababli gap tahlilida shu gapdagi urg‘u ko‘chishi mumkin bo‘lgan holatlar ham aniqlansa 
va mashina o‘rganishi uchun algoritmi ishlab chiqilsa, tahlilning sifati oshadi.
Erkin kontekst asosidagi grammatika vositasida gaplar tahlil qilinganda ularni kichik ma’noli 
qismlarga ajratish zarur. Bundan tashqari punktuatsion belgilarning ham alohida ajratilishi maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Boshqa tuzilmalar tokenlarning kombinatsiyasidan hosil bo‘ladi. Shu sababli 
sintaktik daraxt modelida tokenlar shu daraxtning barglarini tashkil etadi. Tokenlarni daraxt 
modelining barglari sifatida tahlil qilish ingliz va boshqa xorijiy tillar uchun qulay bo‘lishi mumkin. 
Chunki ushbu tillardagi so‘zlar kam holatlarda grammatik(so‘z yasovchi emas) qo‘shimchalarni oladi 
va ularni aniq bir kategoriyaga kiritib qo‘yishning o‘zi kifoya.
Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tilida ham gap birgina kesimning o‘zidan hosil bo‘lishi mumkin. 
Bunda kesim tarkibidagi ko‘makchi morfemalar gapning zamoni, egasi, maylini aniqlashtirib keladi. 
Shu uchun ingliz tilidagi matnlarni tahlil qilish uchun ishlab chiqilgan qoidalarni har doim ham 
o‘zbek tilidagi matnlarning sintaktik analiziga to‘g‘ridan to‘g‘ri tatbiq etib bolmaydi.

Download 404.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling