T a d q I q o t L a r jahon ilmiy – metodik jurnali
Download 50.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Elmirzayev Akobirshoh Maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-son_6-to’plam_May-2023 48 ISLOM DININING YOSHLAR RUHIYATIGA TA’SIRI
- Norboyev Abduvohid Tangir o’g’li KI22-03 guruhi talabasi Elmirzayev Akobirshoh Elmirza o’g’li
T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali http://tadqiqotlar.uz/ 14-son_6-to’plam_May-2023 48 ISLOM DININING YOSHLAR RUHIYATIGA TA’SIRI Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Samarqand filiali “Kompyuter injineringi” KI22-04 guruhi talabasi Norboyev Abduvohid Tangir o’g’li KI22-03 guruhi talabasi Elmirzayev Akobirshoh Elmirza o’g’li Email: abduvohidnorboyev00040117@gmail.com Email: elmirzayevakobirshoh@gmail.com +998910290417, +998941822765 Annotatsiya: Maqola matnida Islom dinining mohiyati, Islom dinining yoshlar ruhiyatiga ta’siri haqida, qisqacha Islom dini ta’limoti haqida, terrorchilik va vatanparvarlik haqida so’z yuritiladi. Kalit so’zlar: Alloh, Qur’on, Jannat, Ohirat, Musulmonlar, Muhammad (s.a.v.), Payg’ambar, Farz, Sunnat, Tahorat, Fiqh, Mazhab, Terrorchilar, Vatanparvarlik. Bu mavzu bugungi kunning eng dolzarb mavzularidan biri hisoblanadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Yosh avlodni har xil ta’sirlardan qanday saqlash mumkin? Qanday qilib Islomni yoshlarga to’g’ri tushuntirish mumkin? Keling oldin Islom haqida ozgina ma’lumot olamiz. Islom – bo’ysinish, itoat etish, o’z irodasini Allohga topshirish degan ma’nolarni anglatadi. Mohiyatan Islom dini barcha olamlarni, borliqni yaratgan zot tomonidan tushirilgan ilohiy din bo’lib, unga hamma ergashganlar musulmonlar deyiladi. Umumiy holda Islom dini barcha uchun barobar amal qilish kerak bo’lgan dindir. Islom nuqtayi nazaridan biz Allohning bandalarimiz. Biz faqatgina Allohga itoat qilishimiz, uning ko’rsatmalariga ergashishimiz, faqatgina unga ishonishimiz, yordam so’rashimiz va u yuborgan payg’ambarga ergashishimiz kerak. Alloning buyruqlariga doim itoat qilib yashashimiz kerak, shundagina biz dunyo va ohiratda saodatga erishamiz. Mana shu joyiga e’tiborimizni qaratamiz. Xo’sh Alloh nimani buyuradi? Alloh bizga doim yaxshilik qilishni va to’g’ri yo’lda yurishni buyuradi. Bu esa bizga turli ko’rinishlarda bo’ladi: O’z-o’ziga yaxshilik qilish; Alloh taolo bizga o’zimizga zarar yetkazmaslikni buyuradi va nima bilan o’zimizga zarar berishimizni ham aytib uni bizga harom qiladi. Masalan: Zino, o’z joniga qasd qilish, mast qiluvchi narsalar istemol qilish, o’z-o’zini nafsini qondirish, vaqtni bekorchi narsalarga sarf qilish, harim Download 50.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling