T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
http://tadqiqotlar.uz/
14-son_6-to’plam_May-2023
48
ISLOM DININING YOSHLAR RUHIYATIGA TA’SIRI
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Samarqand filiali “Kompyuter injineringi”
KI22-04 guruhi talabasi
Norboyev Abduvohid Tangir o’g’li
KI22-03 guruhi talabasi
Elmirzayev Akobirshoh Elmirza o’g’li
Email:
abduvohidnorboyev00040117@gmail.com
Email:
elmirzayevakobirshoh@gmail.com
+998910290417, +998941822765
Annotatsiya: Maqola matnida
Islom dinining mohiyati, Islom dinining
yoshlar ruhiyatiga ta’siri haqida, qisqacha Islom dini ta’limoti haqida, terrorchilik va
vatanparvarlik haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar: Alloh, Qur’on, Jannat, Ohirat,
Musulmonlar, Muhammad
(s.a.v.), Payg’ambar, Farz, Sunnat, Tahorat, Fiqh, Mazhab,
Terrorchilar,
Vatanparvarlik.
Bu mavzu bugungi kunning eng dolzarb mavzularidan biri hisoblanadi desak
mubolag’a bo’lmaydi. Yosh avlodni har xil ta’sirlardan qanday saqlash mumkin?
Qanday qilib Islomni yoshlarga to’g’ri tushuntirish mumkin? Keling oldin Islom
haqida ozgina ma’lumot olamiz.
Islom – bo’ysinish,
itoat etish, o’z irodasini Allohga topshirish degan
ma’nolarni anglatadi.
Mohiyatan
Islom dini barcha olamlarni, borliqni yaratgan zot tomonidan
tushirilgan ilohiy din bo’lib, unga hamma ergashganlar musulmonlar deyiladi.
Umumiy holda Islom dini barcha uchun barobar amal qilish kerak bo’lgan dindir. Islom
nuqtayi nazaridan biz Allohning bandalarimiz. Biz faqatgina Allohga itoat qilishimiz,
uning ko’rsatmalariga ergashishimiz, faqatgina unga ishonishimiz, yordam so’rashimiz
va u yuborgan payg’ambarga ergashishimiz kerak. Alloning buyruqlariga doim itoat
qilib yashashimiz kerak, shundagina biz dunyo va ohiratda saodatga erishamiz.
Mana shu joyiga e’tiborimizni qaratamiz. Xo’sh Alloh nimani buyuradi?
Alloh bizga doim yaxshilik qilishni va to’g’ri yo’lda yurishni buyuradi. Bu esa bizga
turli ko’rinishlarda bo’ladi:
O’z-o’ziga yaxshilik qilish; Alloh taolo bizga o’zimizga zarar yetkazmaslikni
buyuradi va nima bilan o’zimizga zarar berishimizni ham aytib uni bizga harom
qiladi. Masalan: Zino, o’z
joniga qasd qilish, mast qiluvchi narsalar istemol
qilish, o’z-o’zini nafsini qondirish, vaqtni bekorchi narsalarga
sarf qilish, harim