T a d q I q o t L a r jahon ilmiy – metodik jurnali
Download 50.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Elmirzayev Akobirshoh Maqola
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali http://tadqiqotlar.uz/ 14-son_6-to’plam_May-2023 50 asosidir. Alloh bizga bizning moddiy ehtiyojlarimiz, ruhiy ehtiyojlarimizdan ustun turmasligini uqtiradi. Biz moddiy jihatdan qanchalik yaxshi yashamaylik, tanamiz ehtiyojlarini qanchalik yo’qqa chiqarmaylik, ruhiy dunyoyimiz obod bo’lmasa bularning hech biridan foyda yo’q. ruhiy dunyoyimizni obod qiluvchi yagona narsa bu Islom dinidir. Hazrati payg’ambarimiz Rasululloh solollohu alayhi vassalam aytadilar: “Har bir podshoning o’z chegarasi bor. Alloh ataoloning yerdagi chegarasi u man qilgan ishlardan qaytishdir. Inson a’zolari ichida shunday bir a’zo bor. Agar u yaxshilansa qolgan hamma a’zolarini yaxshilaydi, agar u buzilsa qolgan hamma a’zolarni buzadi. Uning nomi qalbdir” Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib shuni aytish mumkinki, inson ruhiyatining ruhiyatini va mukammaligini ta’minlovchi yagona omil bu Islom dinidir. Inson ruhiyatining muvozanati esa uning yaxshi yashashi uchun asosiy omildir. Demak, bundan bilinadiki, yoshlarning ruhiyatiga Islom hech qanaqsiga yomon ta’sir qilmaydi. Aksincha, farzandlarimizni Islomsiz katta qilishimiz bu bizning asosiy xatolarimizdan biri bo’ladi. Sababi siz farzandingiz ruhiyatini qanchalik urinmang boshqara olmaysiz. Uni faqatgina Islom boshqara oladi. Unday bo’lsa Islom dinini oqim sifatida tushunishning sababi nima? Bu savolning javobi shuki dunyoda shunday tashkilotlar bor: Ular Islomni niqob qilib insonlarga uni urush g’oyasi jihatidan tushuntirishadi. Ularning asosiy maqsadi Islom dinini yo’qqa chiqarish va insonlarni urushga jalb qilish. Ular Terrorchilar deb nomlanadi. Terrorchilar oqimiga tushib qolmaslik uchun nima qilish kerak? Buning uchun avvalo biz farzandlarimizga Islomni ko’chadan o’rganmasligiga sharoit yaratmasligimiz kerak. Asosan Islomni farzandlarimizga o’zimiz o’rgatishimiz kerak. Ularni Islom bilan katta qlishimiz kerak. Buni ham o’z yo’llari bor: O’rgatish (ta’lim berish) yo’li bilan, O’z xulqimiz bilan. Nima yaxshi nima yomon ekanligigin, kimga ergashish kerakligini, kimga itoat qilish kerakligini yosh chog’idan farzandlarimizga ta’lim berishimiz kerak. Ulamolarimiz ham farzandlarga Islomdan ta’lim berishni asosan ota-ona vazifasi deb ta’kidlashgan. Albatta Islonmi ota-onadan o’rganish ayni maqsadga muvofiq bo’ladi. O’z xulqimiz bilan o’rgatishimiz va o’rnak bo’lishimiz ham mumkin. Albatta Islom faqatgina ilmdan iborat emas. Islom o’rgangan ilmga amal qiilishni ham buyuradi. Abu Barza raziyollohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: “Qiyomat kunida to’rt narsa haqida so’ralmaguncha qadami siljimaydi: Nima bilan band bo’lgani, o’rgangan ilmiga qanday amal qilgani, molini qayerdan topib qayerga sarflagani va tansini nimaga ishlatgani”. Bundan kelib chiqadiki ilmni faqatgina o’rganish va o’rgatish emas unga amal qilish muhimroq ekan. Albatta shunga qarab atrofingizdagi insonlar sizga ergashadi, shu jumladan farzandingiz ham. Bizning islomimiz qanchalik go’zal bo’lsa atrofimizdagilarning ham xulqi shunga qarab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling