T a d q I q o t L a r jahon ilmiy – metodik jurnali
Download 50.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Elmirzayev Akobirshoh Maqola
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali http://tadqiqotlar.uz/ 14-son_6-to’plam_May-2023 49 qilingan hayvonlar go’shtini istemol qilish, insonlarning qalbiga zarar yetkazadigan har bir narsa va hakazolar. Bu narsalar insonning ham tanasiga ham ruhiyatiga ta’sir qiladi. O’zga insonlarga yaxshilik qilish; tepadigi yomon ishlar bilan mashg’ul bo’lgan kishilarni bundan qaytarish, ularga to’g’ri yo’lni ko’rsatish, ularga yordam berish, yaxshilik sari yetaklash, haq yo’lini eslatish va hakazolar. O’g’rilik qilmaslik va o’zgalar haqqi(moliga) ko’z olaytirmaslik; Alloh taolo bizga o’g’rilik qilmaslikni va boshqa insonlar haqqiga intilmaslikni buyuradi. Halol yo’l bilan halol rizq topishga, harom yo’l bilan va o’g’rilik bilan rizq topshdan bizni qaytardi. Ibodat qilish va doimo poklanib yurish; biz musulmonlarga farz deb buyurilgan ibodat va tahoratli ya’ni pok holda yurish ham ancha muhimdir. Biz ibodat qilar ekanmiz doimo gunohlarimiz yuvilib turadi, saodatga erishamiz, ham Alloh buyurgan ishni ham payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ning sunnatlarini qilgan bo’lamiz. Poklanib yurish inson salomatligiga katta foydasi bor, xususan ibotadimiz bo’lgan Namozni ham inson salomatligiga foydasi ham bor ekan. Muloyim va xushmuomila bo’lish; mo’min musulmon odam doimo muloyim va xushmuomila bo’lishi kerak. Xomush yurish va g’azablanish talab etilmaydi. Shu va yana boshqa ko’plab misollar ham keltirishimiz mumkin. Islom bizni har xil yomon yo’llardan qaytaradi va zararlardan asraydi. Albatta biz uchun nima zarar ekanligini Alloh taolo bizdan ko’ra yaxshi biladi. Chunki bu ma’lumotlar 1400-yildan beri Qur’onda bor. Olimlarimiz esa bu narsalarni zararli ekanligini yaqin o’tmishda aniqlashdi. Qur’onda Alloh taolo shunday marhamat qiladi: (Isro surasi 32-oyat) Alloh taolo har bir inson o’lganidan so’ng hisob qilinishini, qilgan ishlariga hisob berishini uqtiradi. Dunyo unga itoat etkanlarga va yaxshilik qilganlarga abadiy Jannat borligini aytadi. Aksincha, isyon qilganlarga alamli azob borligini uqtiradi. Ba’zi Ateizm va yahudiylik ta’limotlariga ko’ra, inson o’lganidan so’ng tugashi qayta tirilmasligi shuning uchun dunyoda xohlaganicha yashab qolishi kerakligi aytiladi. Bu esa unchalik mantiqqa to’g’ri kelmaydi. Chunki insonning asl tabiatida shunday illatlar borki ular (insonlar) qanchalik ehtiyojdan uzoqlashsa ehtiyojga moyil bo’lib boraveradi. Faqat endi bu ehtiyojlikning ko’rinishi o’zgaradi. Inson endi yovuzlik qilishga, rohat olishga, haddan oshishga, o’z joniga qasd qilishga harakat qilishni boshlaydi. Buning oqibati esa juda yomon holatlarni keltirib chiqaradi. Demak, inson moddiy ehtiyojlarining mavjud bo’lmasligi, uning hayotini yaxshi tomonga o’zgartirmas ekan. Balki juda yomon holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Alloh taolo Qur’onda shunday marhamat qiladi: (Sho’ro surasi 27-oyat) Islom esa bu holatni asosiy muvozanatda ushlovchi dindir. Islom ruhiy kamolotning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling