T a d q I q o t L a r jahon ilmiy – metodik jurnali
Download 50.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Elmirzayev Akobirshoh Maqola
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali http://tadqiqotlar.uz/ 14-son_6-to’plam_May-2023 51 o’zgaradi. Abu Xurayra raziallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (s.a.v.) “O’zi uchun behuda narsalarni tark qilishi kishi Islomining husnidandir” dedilar” Ulamolarimiz nsonlar Islomni ma’no-mazmun jihatidan noto’g’ri tushunib turli oqimlarga tushib qolmasligini oldini olish uchun yo’nalish va manba yaratishdi. Bu albatta mazhab va fiqhdir. Endi savol tug’iladi: Islomni to’liq o’rganish va tushunish uchun juda katta manba va yo’nalish ya’ni fiqh va mazhab turganda uni ko’chadan, yetti yod begonadan o’rganishdan ne hojat? Aynan shunday holatni oldini ota-ona olishi kerak ya’ni Islomni fiqh va mazhab orqali o’rganib tushunishiga yo’l ochib bershlari kerak. Biz faqat ta’lim tarbiya bilan emas balki yosh avlodlarga vatanni sevishni, uni ardoqlashni o’rgatishimiz kerak. Vatanparvarlik asl Islomiy qadriyatdir. Alloh insonni xalq qildi. O’zi undan yaratgani va unga qaytaradigani Yerga, ona zaminga, ona tuproqqa muhabbatni inson fitratiga qorishtirdi. Shayh Muhammad G’azolliy aytadidalar: “Bashar o’z yeriga, garchi u tap-taqir sahro bo’lsa ham qattiq bog’lanadi. Vatanni sevish inson ruhiyatidagi asl tabiatdir. Ushbu tabiat vatanda yashashda huzur- halovat, undan uzoq bo’lganda sog’inch, hujum qilinganida mudofaa va kamsitilganda g’azab hislarini paydo qiladi”. Biz vatanni sevishni Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) dan o’rganaylik. Payg’ambarimiz asxoblari bilan tahqirlash va azoblash to’xtamagan alamli kunlarda ham Makkada sabr bilan yashadilar. Payg’ambarimiz Makkani o’z ixtiyorlarisiz, majburan tark qilib, Madinani hijrat etadilar. Ul zotni Makkadan qavmlari quvayotgandi. Shunnda Makka atroflarida Makkaga xitob qiladilar. Uning tog’lari va vodiylariga hitob qiladilar. Ko’chalari va binolariga qarab xitob qiladilar. Mahzunlik qalbllarini yozib, yosh ko’zlariga to’lib, shunday xitob qiladilar: “Qanday ham yaxshi shaharsan! Qanday ham menga sevimlisan! Agar qavmim meni sendan quvmaganda sendan boshqada yashamasdim!” (Imom Termiziy rivoyati). Download 50.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling