4.2.Jaxon kutubxonalari va onlayn jurnallari va ulardan foydalanish masalasi
Talabalar bilimini boyishida, dunyo qarashini shakllanishida va zamonaviy kadr bo‘lib yetishishida o‘quv va ilmiy adabiyotlarni o‘rni katta. Hozirda oliy ta’lim muassasalarining kutubxonalaridagi adabiyotlarning ma’lum qismi eskirgan yoki dunyodagi ohirgi yangi ma’lumotlar bilan to‘liq ta’minlanmagan. Dunyo tajribasida talabalar ko‘proq onlayn kutubxonadan foydalanishadi. Bunda o‘sha kutubxonadagi adabiyotlarning turi, yangiligi va foydalanish uchun qulay o‘lishi ahamiyatlidir. Dunyo bo‘yicha 35 ta eng yaxshi kutubxonalar bo‘lib, ularning faoliyati onlayn tarzda ham keng yo‘lga qo‘yilgan, quyida ularning ayrimlari bo‘yicha ma’lumotlar beriladi.
1.Vashington Kongress kutubxonasi (AQSh). Bu kutubxona asosan AQShning milliy kutubxonasi va mamlakatning eng qadimgi federal madaniyat muassasasi hisoblanadi. U faqat uchta binolardan iborat bo‘lsada, bu dunyoda bo‘yicha adabiyotlar hajmi jihatdan uchun eng katta kutubxona hisoblanadi. Kongressning tadqiqot instituti sifatida joylarda tadqiqotlar o‘tkazish va sayyohlikni jalb qilish uchun jamoatchilikka ochiq bo‘lsada, faqatgina Kongress a’zolari, Oliy sud sudyalari va boshqa davlat amaldorlari kitoblarni tekshirishlari mumkin. Kutubxona AQShda "Oxirgi chora kutubxonasi" deb ataladi. Kutubxonaning qariyb 32 milliondan ortiq kitoblari, 61 milliondan ortiq qo‘lyozmalari, Mustaqillik Deklaratsiyasining loyihasi, dunyodagi Gutenberg Injilining to‘rtta mukammal nusxasi, milliondan ziyod gazetalar, 5 milliondar ortiq harita, 14 milliondan ortiq fotosuratlar mavjud.
2. Bodley kutubxonasi - Oxford, (Buyuk Britaniya). Ushbu kutubxona Oksford universiteti kutubxonasi sifatida 1602 yilda tashkil etilgan. U Yevropaning eng qadimgi kutubxonalaridan biridir. Kutubxonada ko‘plab tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan 11 milliondan ziyod kitoblar mavjud.
3. Vatikan kutubxonasi, Rim, (Italiya). U Rimdagi katolik cherkovining diniy yurisdiksiyasi ostida dunyodagi eng qadimgi kutubxonalardan biri hisoblanadi. Rasmiy ravishda 1475 yilda tashkil etilgan bo‘lsada, uning mavjudligi katolik cherkovining kelib chiqishiga asoslangan. Taxminan 600 yil davomida kutubxona o‘zining tarixiy obro‘-e’tiborlari, saxovatli meroslarini yo‘qotmadi. Hozirgi kunda Vatikan kutubxonasida 1,1 milliondan ortiq kitob, 75 000 ta qo‘lyozma va 8,500 dan ortiq boshqa asarlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |