T abdraxmanov
Download 1.27 Mb.
|
Туп ўқитиш услубиёти Абдрахманов-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘simliklar ishlab chiqarish
- 7-semestr bo‘yicha umumiy
- Janubiy Koreya va Yaponiya oliy ta’lim muassasalarida tuproqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim tajribasi.
* Mazkur dastur uchun 1 kredit 15 soatga teng. Talabalar o‘zlarining sohalarida 210 soatdan kam bo‘lmagan vaqtda ishlashlari va ish stajiga ega bo‘lishadi. O‘qishning ideal vaqti 10 semestr, minimal davomiyligi 9 semestr, maksimum davomiyligi 15 semestr, dasturni yuajarish uchun 280 kredit (o‘qish va ish staji birgaligida) bo‘lishi lozim. Janubiy Koreya va Yaponiya oliy ta’lim muassasalarida tuproqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim tajribasi. Janubiy Koreyada ta’lim olish raqobatbardosh, bu ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, o‘qitishning arzonligi, mashhur va istiqbolli mutaxassisliklarni olish imkoniyati bilan ta’minlanadi. Boshqa afzalliklarga ham ega, jumladan, bu mamlakat o‘zining an’analari va madaniyati bilan mashhurligi, ko‘plab madaniy meros va arxitektura yodgorliklarini saqlab qolganligini ta’kidlash joiz. Janubiy Koreyaning deyarli barcha universitetlarida ingliz tilida ta’lim olish jarayoni yo‘lga qo‘yilgan, shuningdek, oliy ta’limlar qoshida ingliz tilini o‘rgatish kurslari tashkil etilgan bo‘lib, bu oliy ta’lim muassasalarining xalqaro miqyosida nufuzini ortishiga xizmat qilmoqda. Janubiy Koreyadagi universitetlarga kirish uchun xorijiy talabalardan ingliz tili sertifikatlarini (IELTS, TOEFL va b.) taqdim qilish majburiydir. Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun abiturient maxsus standart testdan o‘tishlari kerak. Ushbu test uch qismdan iborat: ingliz, matematika va koreys tili. Bundan tashqari, talabnoma beruvchi tanlovda bir qator tabiiy va ijtimoiy fanlarni ham topshiradi. Janubiy Koreya universitetlarida oliy ta’lim tizimi bakalavr, magistr va doktorlik darajalariga bo‘lingan. Bakalavriat dasturlari asosiy ko‘nikmalarga ega bo‘lib, mehnat va davomli ta’lim uchun zarur bo‘lgan muhim nazariy bilimlarni o‘rgatadi. O‘rta bakalavriat bo‘yicha o‘qish 3-4 yil. Janubiy Koreyada magistr unvoniga ega bo‘lish uchun bakalavr darajasida yaxshi natijalarga erishish kerak. Janubiy Koreyada 25–37 yoshdagi fuqarolarning 97 % oliy ma’lumotga ega va bu butun dunyoda eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘quv yurtlari turlarining moslashuvchanligi va yuqori darajada tabaqalashgani, talabalarga erkinlik berilgani, ularning akademik kurslarni majburiy o‘rganishni rad etish imkoniyati o‘quv yurtlari tomonidan maxsus va umumta’lim kurslarini tanlash imkoniyati berilgan. Yaponiyada 726 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari mavjud, ularda 2,8 mln. ortiq talabalar taxsil oladi. Universitetlarning asosiy qismi xususiy hisoblanadi, oliy ta’limda bepul o‘qish deyarli mavjud emas. Stipendiyalar faqatgina juda qobiliyatli bo‘lgan, iqtidorli talabalar va o‘ta kambag‘al, kam ta’minlangan talabalarga beriladi, bu ko‘rsatkich 1% atrofda bo‘lishi mumkin. Yaponiya universitetlarining bir nechasi dunyo universitetlarining 100 ta eng yaxshi “QS World University Rankings” reytingiga kirgan. Jumladan, Tokio, Osaka, Kioto, Tokio, Toxoku, Xokkaydo, Kyusya universitetlarini e’tirof etish mumkin. Yaponiya oliy ta’limini quyidagi 4 turga ajratish mumkin. To‘liq davrli universitetlar (4 yil); Tezlashtirilgan davrli universitetlar (2 yil); Professional kollejlar, texnik institutlar; Magistratura. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling