T abdraxmanov


Ishlab chiqarish amaliyotining asosiy vazifalari


Download 1.27 Mb.
bet21/43
Sana06.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1335057
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
Bog'liq
Туп ўқитиш услубиёти Абдрахманов-2

Ishlab chiqarish amaliyotining asosiy vazifalari

Ishlab chiqarish amaliyotlarning turlarini belgilash va tashkil qilishda talabalar tomonidan ta’lim standartlarida belgilangan kasbiy-amaliy ko‘nikmalarga bosqichma-bosqich erishish ko‘zda tutiladi. Amaliyotning asosiy vazifalari quyidagalardan iborat:



  • talabalar egallangan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirish va kengaytirish;

  • talabalarda kasbiy-amaliy malaka va ko‘nikmalarni tarkib toptirish, kasbiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish va xal etish usullari, metodologiyasi va texnologiyalari bilan tanishish va egallash;

  • korxona, tashkilot yoki muassasaning ilg‘or ish tajribalari, boshqaruv tizimi, marketing faoliyati, fan va texnika yutuqlarining joriy etilish darajasi bilan tanishish va o‘rganish;

  • kasbiy faoliyatining ijtimoiy, iktisodiy, huquqiy, psixologik, pedagogik, gigienik va h.k. tomonlarini o‘rganish;

  • ichki tartib qoidalar va mehnat intizomi, xavfsizlik koidalariga
    rioya qilish ko‘nikmasini tarkib toptirish;

  • ishga ijodiy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirish;

  • tanlagan kasbiga qiziqish, hurmat, faxr hissiyotlarini tarbiyalash,
    amaliyotdan keyin o‘tiladigan fanlarni o‘zlashtirishga ongli ravishda
    yondashishlariga erishish.

Amaliyot davomida talabalar ishlab chiqarish sharoitlarida quyidagilarni ham o‘rganadilar:

  • korxona, tashkilot va muassasalarining ish faoliyati;

  • ishlab chiqarish texnologiyasi;

  • ishlab chikarishni tashkil etish va boshqarish;

  • ishlab chiqarish samaradorligini va effektivligini oshirish imkoniyatlari va yo‘llari;

  • ish ob’ektining jihozlanishini, moddiy-texnik bazasi, axborot texnikalari, asbob-uskunalari;

  • hayot va mehnat xavfsizligi, gigiena qoidalari;

  • ilmiy-tadqiqot, ixtirochilik, rejalashtirish ishlari;

  • xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini yaratish va ta’minlash;

  • ta’lim dasturida ko‘zda tutilgan boshqa bilim va ko‘nikmalar.


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling