Oliy ta’lim moddiy-texnik ta’minotining zamonaviy bo‘lish strategik bosqichi. Tuproqshunoslik va agrokimyo yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitishda keyingi strategik bosqich bu oliy ta’lim moddiy-texnik ta’minotining zamonaviy bo‘lishidir, ya’ni moddiy texnik ta’minotning bo‘lishi emas, balki zamonaviy bo‘lishidir. Chunki hozirda oliy ta’lim muassasalaridagi moddiy texnik vositalarining aksariyati zamonaviy emas, mavjudlaridan esa foydalanish samaradorligi past. Shuningdek, oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yosh kadr xorijdan olib kelingan zamonaviy qurilmalarni ishlatolmaydi, chunki oliy ta’limda shunday yoki shunga o‘xshash qurilmalarni ishlatish ko‘nikmalarini o‘rganmagan. Shuning uchun oliy ta’lim moddiy texnik ta’minotini yangilanib borishini tizimlashtirish lozim, qo‘shimcha ravishda xalqaro loyixalar imkoniyatidan foydalanish lozim. Bu o‘rinda professor-o‘qituvchining o‘rni juda katta, chunki biror zamonaviy qurilma mavjud bo‘lmasa, uning video darslar orqali o‘qitishni yo‘lga qo‘yish lozim bo‘ladi. Agarda tuproqshunoslik va agrokimyo yo‘nalishidagi fanlardan zamonaviy qurilmalar vositasida darslar olib borilsa yoki yangi chiqarilgan zamonaviy qurilmalarning yangi avlodini video darslar orqali o‘qitilishni ta’minlanilsa kutilgan natijalarga erishiladi.
Fanlarning o‘qitilish sifatiga baxo berish strategik bosqichi. Tuproqshunoslik va agrokimyo yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitilish sifatiga real baxo berish, aniqlangan kamchiliklarni ildizini, ularning omillarini hal etish shu sohada yutuqlarga erishishga zamin bo‘ladi. Fanlarni o‘qitilish sifatiga quyidagi ikki manfaatdor berish maqsadga muvofiq.
1.Talabalar
2.Ishlab chiqarish tashkilotlari
Fanlarni o‘qitishda uzoq vaqt ayrim mavzularni o‘qitilishi yoki ayrim mavzularni bir necha fanlarda qaytarilishi mavjud muammolardan biri hisoblanadi. Shuning uchun talabalar yoki ishlab chiqarish tashkilotlari fanlarning o‘qitilish sifatiga baxo bersa, fanlar yanada takomillashib boradi va talabalarga ko‘proq yangi, mustaxkam bilim berishga xizmat qiladi. Fanlarning o‘qitilish sifatiga baxo berishni onlayn tizim va avtomatlashtirilgan tizimini yaratish maqsadga muvofiq, berilgan baxolar professor-o‘qituvchining oylik maoshiga, reyting baliga, keyinchalik ishlash faoliyatiga ta’sir etishi lozim. Agarda fanlarni o‘qitilishining sifat jihatdan manfaatli nazorat qilish tizimi yaratilmasa, provarddagi samarasi yuqori bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |