T abdraxmanov


Download 1.27 Mb.
bet25/43
Sana06.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1335057
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
Bog'liq
Туп ўқитиш услубиёти Абдрахманов-2

Namoyish qilish usuli - odatda, qurilma, asboblar, tajribalar, turli tipdagi apparatlarni namoyish qilish bilan bog‘liq. Masalan, diafilm, kinofilm kabilar. Ko‘rgazmali usullarni qo‘llashda quyidagi usullardan foydalaniladi; ko‘rsatish, yaxshi ko‘rinishni ta’minlash, o‘tkazilgan ko‘rsatuv, namoyish va hokazolar natijalarini muhokama qilish. O‘quv jarayonida filmlardan foydalanishga tayyorlanishda pedagog uni oldindan ko‘rishi, namoyish qilish davomida talabalar oldiga qo‘yiladigan asosiy savollarni tuzishi, tegishli lahzasida ko‘rsatiladigan alohida parchalarni ajratishi va film bo‘yicha yakuniy suhbat rejasini belgilashi lozim.
Shunday qilib, suhbat va ko‘rgazmalilik aloqasining xilma-xil shakllari mavjud. Ularning birontasiga ustunlik berish xato bo‘lar edi chunki, ta’lim vazifasining o‘ziga xos xususiyati, mavzuning mazmuni, mavjud ko‘rgazmali vositalarning harakteri, shuningdek talabalar tayyorgarligi darajasidan kelib chiqib, har bir aniq holatda ularning eng oqilona qo‘shiluvi tanlanadi.
Amaliy uslublar tarbiya faoliyatining xilma-xil turlari keng doirasini qamrab oladi. Amalda quyidagi usullar qo‘llaniladi: maqsadni qo‘yish, uni bajarish usulini rejalashtirish, bajarish jarayonini boshqarish, tahlil qilish, kamchiliklar sababini aniqlash, maqsadga to‘liq erishish uchun ta’lim jarayoniga tuzatish kiritish.
Amaliy mashqlarning aniq turlaridan biri mashqni sharhlash hisoblanadi. Uni bajarishda talaba bo‘lajak hatti-harakatini faol mushohada qiladi, o‘ziga o‘zi eshittirib gapiradi, bo‘lajak voqeani sharhlaydi. Harakatni sharhlash talabaga o‘zining xos xatosini anglashga va harakatiga tuzatishlar kiritishiga ko‘maklashadi.
Amaliy tarbiya uslublarning ikkinchi guruhini laboratoriya tajribalari tashkil qiladi. Amaliy usullar tarbiyani so‘z orqali ifodalash va uni ko‘rgazmali uslublar bilan mustahkamlash jarayoni bilan chambarchas bog‘liqlikda qo‘llaniladi, mashq, tarbiya, mehnat jarayonini bajarishdan oldin pedagog tushuntirish beradi, kursatadi. Og‘zaki tushuntirish va ko‘rgazmani ko‘rsatish, odatda, mashqni bajarish jarayonining o‘zi bilan bir vaqtda olib boriladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilarni faollashtirish. Agar ta’lim-tarbiya jarayonlari talabalarda faol harakat, bilim va ko‘nikmalar orttirish ishtiyoqini uyg‘otsagina, bu jarayon samarali kechadi va sifatli natijalar beradi.
O‘quv faoliyatini bunday tashkil qilish uchun uning barcha usullari og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy, reproduktiv, qidiruv, induktiv hamda deduktiv, shuningdek, mustaqil ish usullaridan foydalaniladi. Bu jarayonda o‘quv faoliyati, uning mazmuni, shakli va amalga oshirish usullariga bo‘lgan munosabatda ijobiy hissiyotning yuzaga kelishini ta’minlash muhimdir. Shuning uchun ham bunday holatda diqqat, eslab qolish, anglash jarayonlariga talabalarning chuqur ichki kechinmalari ko‘shiladiki, bu jarayonni qizg‘in kechadigan qiladi va maqsadga erishish ma’nosida ancha samarali buladi. Rag‘batlantirish usullaridan biri ayrim tabiat hodisalarini talabalarga avvaldan yaxshi ma’lum bo‘lgan qonuniyatlardan, ya’ni ilmiy nuqtai nazardan kelib chiqib tushuntirishdir.
O‘quv faoliyatiga qiziqishning asosiy manbai, avvalo, uning mazmunidir. Bu mazmun kuchli rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishi uchun ta’lim tamoyillarining qator talablariga javob berishi lozim. Bunda ta’lim mazmunining rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirishdagi ayrim maxsus usullar ham mavjud. Shu maqsadda pedagog mamlakat jamoatchiligida alohida qiziqish uyg‘otayotgan, vaqtli matbuotda e’lon kilinayotgan, televidenie va radio orqali berilayotgan ma’lumotlar va rasmlarni maxsus tanlaydi.
Ta’limning rag‘batlantirish va asoslash usullariga bilish bahsi ham kiradi. Chunki o‘quv bahsi o‘qishga qiziqishni rag‘batlantiruvchi usul rolini o‘ynaydi.
Talabalarning o‘quv jarayoni davridagi burch va mas’uliyati. Talabalarning o‘qishdagi burch va mas’uliyati butun bir guruh usullarni qo‘llash natijasida shakllanadi. Talabalarga bilimning ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatini tushuntirish, ularni bajarishga o‘rgatish, o‘z majburiyatlarini muvaffaqiyatli, yuqori darajada vijdonan bajarganliklari uchun taqdirlash, topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish va zarurat tug‘ilgan hollarda, o‘qishga mas’uliyat bilan yondashishdagi kamchiliklarni ko‘rsatish, tanbeh berish shular jumlasiga kiradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘qishda burch va mas’uliyatni shakllantirish ta’lim, tarbiya jarayonining birligini taqozo etadi.
Talabalarga qo‘yiladigan talablar ahloq qoidalari, fanlar bo‘yicha bilimni baholash mezonlari, ichki tartib-qoidalar, oliy o‘quv yurti nizomlari bilan belgilanadi. Shuni unutmaslik kerakki, o‘quv mas’uliyatini rag‘batlantirish talabalarga qo‘yiladigan talablarni bajarishga o‘rgatish usullari bilan birgalikda olib borilishi shart, chunki bunday ko‘nikmalarning bo‘lmasligi intizomning buzilishiga va fanning to‘liq o‘zlashtirmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling