T abdraxmanov


O‘qituvchining ilmiy salohiyati, uni doimiy takomillashtirib borilishi


Download 1.27 Mb.
bet27/43
Sana06.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1335057
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
Bog'liq
Туп ўқитиш услубиёти Абдрахманов-2

3.2. O‘qituvchining ilmiy salohiyati, uni doimiy takomillashtirib borilishi

Oliy ta’lim tizimida o‘qituvchining ilmiy salohiyati juda katta o‘rin tutadi. O‘qituvchining ilmiy salohiyati deganda ilmiy tadqiqot ishlari bilan muntazam shug‘ullanadigan, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSs) yoki shunga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan o‘qituvchi tushiniladi. O‘qituvchining ilmiy salohiyatining darajasi talabalarning bilim olish darajasini, kelajakda ilmiy ish qilishlarini va yangi g‘oyalar yaratishlarini, innovatsion texnologiyalar ishlab chiqishlarini, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishlari, eng muhimi ishlab chiqarishga tayyor kadr bo‘lishlarini belgilab beradi.


O‘qituvchining ilmiy salohiyati o‘zi faoliyat yuritayotgan kafedra, fakultet va oliy ta’lim muassasasining ilmiy salohiyati darajasiga ta’sir qiladi. Masalan, Tuproqshunoslik kafedrasida asosiy shtatda 10 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 3 ta fan doktori, 4 ta fan nomzodi bo‘lsa jami 7 ta ilmiy darajali o‘qituvchi bo‘ldi, bu kafedraning ilmiy salohiyati 70% ni tashkil etadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, biror o‘qituvchi ilmiy darajasini qo‘lga kiritgandan so‘ng, ya’ni fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasi diplomini qo‘lga kiritgandan so‘ng ilmiy ishlar bilan doimiy shug‘ullanmasa, bu ilmiy salohiyatning ahamiyati juda past bo‘ladi, ayrim hollarda esa ishlab chiqarish jaryonisha, o‘quv jarayoniga, ilmiy-tadqiqot faoliyatga umuman foyda bermaydi.
Hozirda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ilmiy salohiyat o‘rtacha 33% ni tashkil etadi, uning asosiy qismini fan nomzodlari tashkil etadi, ilmiy darajasi yo‘q o‘qituvchilar esa 67% ni tashkil qiladi (6-rasm).



6-rasm. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida ilmiy salohiyat ko‘rsatkichlari, %

Oliy ta’lim tizimida tayanch doktorantura va doktoranturada ilmiy kadrlarni tayyorlash uchun kafedrada fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasiga ega professor-o‘qituvchilar bo‘lishi lozim, aks xolda qabul kvotalari berilmaydi. Bundan ko‘rinadiki, respublika miqiyosida ilmiy salohiyatga ega professor-o‘qituvchilar, respublika oliy ta’lim tizimidagi ilmiy salohiyatning kelajagini ham belgilab beradi. Agarda ilmiy salohiyatga ega professor-o‘qituvchi o‘z ustida ishlamasa, ilmiy salohiyatni sifat jihatdan doimiy takomillashtirib bormasa jamiyat ikki tomonlama zarar ko‘radi, birinchisi oliy ta’limda taxsil olayotgan talabalar yuqori darajada bilim olishmaydi, ikkinchisi ilmiy salohiyat darajasi pasayib ketadi. Shu bois, har bir kafedradagi har bir professor-o‘qituvchi ilmiy tadqiqot ishlari bilan muntazam shug‘ullanishi lozim, shundagina ishlab chiqarishnin barcha sohalariga yetuk, zamonaviy fikrlaydigan, xalqaro talablar darajasiga javob beradigan kadlar tayyorlanishiga erishiladi.




Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling