T abdraxmanov
QARORLAR SHAJARASI TEXNOLOGIYASI
Download 1.27 Mb.
|
Туп ўқитиш услубиёти Абдрахманов-2
QARORLAR SHAJARASI TEXNOLOGIYASI
“Qarorlar shajarasi” texnologiyasi muayyan fan asoslariga tegishli bir qator murakkab mavzularni o‘zlashtirishga, ma’lum masalalarni har tomonlama puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelishga, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng to‘g‘risini topishga yo‘naltirilgan texnik yondashuvdir. Ushbu texnologiya, shuningdek, avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qarorlar mohiyatini yana bir bor tahlil etish va uni mukammal tushunishga ham xizmat qiladi. Guruh yoki auditoriya talabalari ishtirokida qo‘llaniladigan “Qarorlar shajarasi” bir necha o‘n nafar talabalarning bilim darajasini bir yo‘la aniqlash, ularning fikrlarini jamlash va baholash imkonini beradi. Ta’lim jarayonida mazkur metodning qo‘llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilishda talabalar tomonidan bildirilayotgan har bir variantni, ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini mufassal tahlil etishga imkon yaratadi. Xulosa qiladigan bo‘lsak, ta’lim berish va o‘qitish bilim olishining va o‘qituvchi faoliyatining qonuniyatlarini ochib beradi, o‘qitish jarayonining mohiyati, prinsiplari, mazmuni, metodlari hamda tashkil etilishini belgilaydi va izohlaydi. DAVRA SUXBATI TEXNOLOGIYASI Muayyan fanning o‘qituvchisi talabalar bilimi, aqliy yetukligi, mustaqil fikrlay olish darajasi va uning mutaxassis yoki nomutaxassisligini hisobga olgan holda darsni tashkil etadi. Har qanday fan o‘qituvchisinig asosiy maqsadi – talabaning yuqori, mustaxkam, zamonaviy bilim olishiga, kelajakda uni qo‘llay olishi, kelgusi zamon rivojlanishi bilan hamoxang g‘oyalar, ilmiy yondoshuvlarni beraoladigan mutaxassis bo‘lishiga erishishdir. Rivojlangan davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida o‘tiladigan dars jarayonlarini tahlil etadigan bo‘lsak, auditoriyada o‘qituvchining ma’ruza o‘qishidan talabaning mustaqil bilim olishiga intilishadi, hamda ma’ruzalarni ham davra suxbati, munozara kabi ko‘rinishida olib borishga intilishadi. Mazkur metod ham talabalarning o‘zaro biror muammoli mavzu yuzasidan o‘zaro fikrlashishlari orqali mavzuni egallashlari, darsda o‘z fikrlarini mustaqil, erkin, o‘zaro raqobatbardosh talablar asosida bayon etishlaridan iboratdir. Shuning uchun ham davra suhbati darslarini tashkil etishga o‘qituvchi talabalar bilan birgalikda tayyorgarlik ko‘radi. “Davra suhbati” shaklida olib boriladigan darslarda o‘qituvchi tashkilotchi bo‘ladi va o‘qituvchi mavzuni tanlaydi, uning rejasi va savollarini tuzib, talabalarga bir necha kun oldin tarqatadi. Talabalar mustaqil tayyorgarlik ko‘radilar, bundan asosiy maqsad, mavzuga oid bilimlarni atroflicha o‘rgatishdan iborat bo‘lib, ular mavzu bo‘yicha bir necha kun avval mustaqil tayyorgarlik ko‘radilar, darslik, qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qiydilar, kutubxona, o‘quv zali va internet, axborot texnologiyalaridan foydalanib, ma’lumotlar to‘playdilar. Savollarga javob topadilar, har bir talaba suhbatga yakka holda o‘z iqtidori bilan tayyorgarlik ko‘radilar. “Davra suhbati” auditoriyada talabalar orasida uyushtiriladi. Suhbatni o‘qituvchi yoki iqtidorli talabalardan biri boshqaradi, talabalarga fikr-mulohazalarini bildirishlariga va o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan savollarni beradilar va sharoitga qarab baholanadilar. Ushbu davra suhbatida har bir talaba o‘z bilimini, shaxsiy qarashlari va fikrlarini erkin ifoda etadilar. Bunday darslar talabalarga jamoa bo‘lib tayyorgarlik ko‘rishlariga, mavzu bo‘yicha bilim cho‘qqilarini birgalikda o‘qib-o‘rganish va zabt etishlariga, o‘z fikrlarini erkin ifodalashlarilariga sharoit yaratadi va shuning uchun xizmat qiladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling