T abdraxmanov
Marks milliy kutubxonasi,- Venesiya, (Italiya)
Download 1.27 Mb.
|
Туп ўқитиш услубиёти Абдрахманов-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Boston jamoatchilik kutubxonasi, Massachusets, (AQSh).
- Onlayn jurnallar va ulardan foydalanish
4. Marks milliy kutubxonasi,- Venesiya, (Italiya). Venesiyadagi ushbu kutubxona dunyodagi klassik matnlarning eng muhim to‘plamlarini o‘zida mujassamlashtirgan kutubxona hisoblanadi. biriga kiradi. 1603 yilga kelib, Venesiyada nashr etilgan barcha kitoblarning bir nusxasi Milliy kutubxonaga joylashtirilishi bo‘yicha qonun qabul qilingan. Bugungi kunda milliondan ziyod kitob, 13 mingdan ortiq qo‘lyozma, 2,883 ta incunabula va 24 000 dan ortiq asarlarni qamrab oladi.
5. Boston jamoatchilik kutubxonasi, Massachusets, (AQSh). Bu kutubxona 1848 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Amerika Qo‘shma Shtatlarida ilk bor ommaviy qo‘llab-quvvatlanadigan kutubxona hisoblanadi. Unda hozirgi kunda jami 22 milliondan ortiq adabiyotlar bo‘lib, dunyo bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Markaziy kutubxona ikkita binodan iborat: Jonson binosi va Mckim binosi, ya’ni mos ravishda kutubxonaning tadqiqot to‘plamlari va ko‘rgazmalari. Hozirgi kunda dunyoda “Jaxon raqamli kutubxonasi” tashkil etildi. Jahon raqamli kutubxonasi - YuNESKO va Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi kutubxonasi tomonidan boshqariladigan xalqaro raqamli kutubxona hisoblanadi. Uning vakolatiga xalqaro va madaniyatlararo bilimlarni targ‘ib qilish, internetda madaniy aloqalar hajmini va turlarini kengaytirish, o‘qituvchilar, olimlar va umumiy auditoriya uchun resurslarni taqdim etish va raqamli bo‘linishni qisqartirish uchun hamkor tashkilotlarda imkoniyatlarni yaratishdir. Internetda ingliz va g‘arb bo‘lmagan kontentni kengaytirish, ilmiy izlanishlarga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan. Kutubxona internet orqali bepul va ko‘p tilli formatda, butun dunyodagi madaniyatlardan, jumladan, qo‘lyozmalar, xaritalar, noyob kitoblar, musiqiy ballar, yozuvlar, filmlar, bosma nashrlar, fotosuratlar, me’moriy chizmalar va boshqa muhim madaniy materiallar taqdim etilgan. Onlayn jurnallar va ulardan foydalanish. Bugungi kunda rivojlangan oliy ta’lim muassasalari dars jarayonida kitoblar bilan birgalikda, jurnallardan onlayn tarzda keng foydalanmoqda. Ayniqsa bu tabiiy yo‘nalishlarda katta ahamiyatga ega, chunki tabiiy yo‘nalishlarda dunyo bo‘yicha olingan yangi natijalar va ixtirolar ko‘proq jurnallarda e’lon qilib boriladi. Bunda onlayn tarzda faoliyat yuritadigan jurnallardan foydalanish ko‘proq samara beradi. Hozirga kelib dunyoda ilmiy jurnallar soni bir necha mingni tashkil etadi, ularni ilmiy saviya jihatdan turli ba’za tizimiga kiritilmoqda, jumladan, dunyo bo‘yicha eng nufuzli ma’lumotlar ba’zasi tizimlaridan SCOPUS, web of science, AGRICOLA (National Agricultural Library), AGRIS, Baidu Scholar, CABI - CAB Abstracts, CNKI Scholar (China National Knowledge Infrastructure), CNPIEC, Dimensions, DOAJ, EBSCO (relevant databases), EBSCO Discovery Service, Engineering Village, FSTA - Food Science and Technology Abstracts, Geobase, Japan Science and Technology Agency (JST), Google Scholar, J-Gate, JournalTOCs, Naviga (Softweco), Primo Central (Exlibris), ProQuest (relevant databases), Publons, QOAM (Quality, Open Access Market), ReadCube, Reaxys, SCImago (SJR), Summon (Serials Solutions/ProQuest), TDOne (TDNet), Ulrich´s Periodical Directory/ulrichsweb, WanFang Data, WorldCat (OCLC) va boshqalarni keltirish mumkin. Ushbu ma’lumotlar ba’zasi tizimlari biri SCOPUS haqida qisqacha to‘htalib o‘tamiz. Scopus bibliografik va referativ ma’lumotlar ba’zasi va nashr etilgan ilmiy nashrlar, maqolalarga xavola qilish imkoniyatiga ega tizimdir. Hozirda bu tizimga 24 ming nomdagi ilmiy nashrlar, turli sohalar bo‘yicha kiritilgan, bunda ilmiy jurnallar, konferensiya materiallari, kitoblar, professional jurnallar (Trade Journals) kiritilgan. Unga Niderlandiyaning Elsevier korporatsiyasi raxbarliq qiladi, unga veb-interfeys orqali a’zo bo‘linadi. U Scirus qidiruv tizimi bilan bog‘langan bo‘lib, patent ma’lumotlar ba’zasi bilan ham faoliyat yuritadi. Scopus tizimiga kirgan jurnallar bo‘yicha tuproqshunoslik sohasiga yaqinroq bo‘lgan Hindiston va Rossiya davlatlarining ayrim jurnallari ro‘yhati keltiriladi. 2019 yilning may oyi holatiga ko‘ra Hindistonda nashr etiladigan jurnallardan 570 tasi Scopus tizimiga kirgan, quyida Tuproqshunoslik sohasiga aloqador ayrim jurnallar haqida ma’lumot keltiriladi (9-jadval). Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling