T ARBIYADA TEMPERAMENT (xarakterning sherigi)
Bola tarbiyalashda uning temperamentiga e’tibor bering! Farzandingizning temperamentini aniqlang va shunga yarasha munosabatda bo‘ling!
Shartli ravishda bolalarni 3 guruhga bo’lamiz.
1-guruhga: O‘ta aktiv bolalar:
Bunday bolalar odatda quloq solmaydigan, bir joyda o‘tirmaydigan bo‘lishadi. Ular chaqaloqligidan o‘ta aktiv va ularni uxlatish juda qiyin bo‘lsa, bolalik davrida bunday bolalar yiqilaveradi va shikastlanadi. Xullas ota – ona ovora.
Qanday munosabat qilish lozim?
Bunday bolalar hamma gapni tez ilg‘ab olishadi, shu sabab ularni aldashga urinmang. Bir narsa va’da qilsangiz albatta ustidan chiqing. Rangli kitoblar, o‘tirib yasaladigan va mayda qo’l motorikasini rivojlantiruvchi o‘yinchoqlar olib bering. Boladan jo‘shib chiqayotgan energiyani sport bilan shug‘ullanishga ketkazing, aks holda energiya urushish, jahl qilish va baqirishga ishlatiladi.
2-guruhga:bosiq bolalar kiradi:
Bunday bolalar chaqaloqligida oson uyquga ketadigan, atrof – muhitga deyarli ahamiyat bermaydigan bo‘ladilar. Ular odatda quloq soladigan bolalar bo‘lishadi, ammo bu ularga kam etibor berish mumkin degani emas. Chunki bola bergan narsaga ko‘nikib qolaveradi.
Qanday munosabat qilish lozim?
Kichikligida bola bir o‘yinchoq bilan band bo‘lsa, so‘ramasa ham boshqa narsaga qiziqish paydo qilish maqsadida o‘yinchoqlarini almashtirib turing. Bolani arzimagan ishi uchun ham maqtang. Uning harakatlari maqtovga sazovor va ahamiyatli ekanligini his qilsin. Bolani aktiv o‘yinlarga chorlang. Koptok o‘ynash, dumalash kabi o‘yinlarni birga o‘ynasangiz u aktivlashadi.
3-guruhga: Uchqun bolalar kiradi:
Bunday bolalar tez yonib tez o‘chadilar. Bugun ularga ko’bik kerak bo‘lsa, ertasi kuni undan zerikib moshinacha bilan ovora bo‘ladilar. Bunday hollarda ota – ona bolaga nima qiziqligini bilmay qoladilar. Uchqun bolalarni yoshligidan boshlab qiziqishini so‘ndirmaslik lozim. Ota – ona bu holni erkalik deb qabul qilib e’tibor berishmasa, ular kelajakda beparvoroq bo‘lib qolishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |