T arbiyada temperament (xarakterning sherigi) Bola tarbiyalashda uning temperamentiga e’tibor bering! Farzandingizning temperamentini aniqlang va shunga yarasha munosabatda bo‘ling! Shartli ravishda bolalarni 3 guruhga bo’lamiz


- Farzandingiz odamovi bo‘lib qolganmi? Demak, siz o‘zingiz bilan o‘zingiz ovora ekansiz!


Download 233.84 Kb.
bet3/3
Sana05.05.2023
Hajmi233.84 Kb.
#1431932
1   2   3
Bog'liq
BOLANGIZGA LAQAB QO\'YMANG

- Farzandingiz odamovi bo‘lib qolganmi? Demak, siz o‘zingiz bilan o‘zingiz ovora ekansiz!

38-DMTT psixologi: Rasulova G.M


BOLANGIZNING “LAQABI” NIMA?

Baqiroq, erkatoy, baqaloq, qizg‘anchiq, qoravoy, yig‘loqi, o‘jar, aqlsiz, dumbul, erinchoq, qo‘rqoq (xohlasangiz davom ettiring) va xokazolar farzandlarimizga kichikligidan qo‘yilgan “nomlardir”. Bolaning biror bir qilig‘idan kelib chiqib ota – onasi yoki atrofdagilar bolaga osongina “TAMG‘A” bosib qo‘yadi.
Bola kichikligida bu tamg‘asiga o‘rganib olib unga mos kelishga intiladi. Bu tamg‘a bilan yashash o‘sayotgan bola psixikasi uchun qiyin. U tamg‘asi borligi uchun kamroq baqirishdan ko‘ra, (agar laqabi “Baqiroq” bo‘lsa) baqirganida o‘zini tamg‘asi orqali oqlab oladi. “Qoravoy” “nom”iga ega bo‘lgan bola o‘zining qora ekanligidan butun umr aziyat chekadi. “O‘jar” esa tamg‘am shu ekan deb o‘jarligini qilaveradi. Bolaga tamg‘a shunchalik o‘rnashib oladiki u o‘zgarishga hatto intilmaydi ham.
Bunday vaziyatda hech qachon bolaning oldida ham, orqasidan ham uni biror “nom” bilan atamang. Bola yillar o‘tib o‘zgaradi, “aqlsiz” bola a’lochi bo‘lishi ham mumkin, “erkatoy” quyilib qolishi mumkin, lekin ijobiy o‘zgarishlari ana o‘sha bosilgan tamg‘a tufayli atrofdagilarga endi ko‘rinmaydi. Ular uchun umrbod “erinchoq”, “qizg‘anchiq” bo‘lib qolaveradi. Bu bola yuzta ijobiy fazilat ko‘rsatib, birgina salbiy tamg‘asiga oid fazilat ko‘rsatsa ANA! O‘ZI DOIM SHUNDAY EDI! Deyiladi va yana tamg‘asi ko‘rsatib qo‘yiladi. Oxiri bola charchab tamg‘asiga mos bo‘lishni afzal ko‘radi. “Bo‘rini esa ham emasa ham og‘zi qon”.

QIZINGIZGA “TAMG‘A” BOSMANG!
Qiz bolalarni esa, ularning tashqi ko‘rinishiga oid tamg‘alardan ehtiyot qiling. Baqaloq, qora qiz, sap – sariq, ozg‘in, paxmoq soch kabi nomlar hech bir qizga yarashmaydi. Qiz bolaning ko‘ngli nozik axir. Ota – onasining u haqida aytgan gapi uning uchun eng katta haqiqatdir. Yillar o‘tib, 16 yoshlik qizingiz o‘ziga ishonmaydigan, qo‘rqoq, odamovi bo‘lib o‘sganida, siz unga “Uyalma, sen juda chiroyli qizsan, qaddingni tik tut” deganinngiz bilan endi u siz berib qo‘ygan, miyasiga singib ketgan tamg‘asiga ko‘proq ishonadi.
Bolani qilig‘iga baho bering, lekin o‘ziga emas. Dars qilishga erinsa “erinchoq” demang. Dars qilishga erinma deng. Qizingizning yuzi qoraroq bo‘lsa “qoravoy” demang. Xech kim bilan solishtirmang. Aka – uka bir – biridan farq

qilib biri darsini chaqqonlik bilan qilsa, ikkinchisi dangasalik qilyotgan bo‘lsa, shoshib birigi “aqlligim”, ikkinchisiga “erinchoq” demang. Axir uch – to‘rt yildan so‘ng nima bo‘lishini bilmaysizku. SHunchaki birini ikkinchistga namuna qiling. Sen ham shunday qila olasan deb qanoatlantiring, lekin tamg‘asi bo‘lmasin.
Bolaning psixologik holatiga kichikligida qanchalik ko‘p e’tibor bersangiz, katta bo‘lganida o‘zidan mamnun baxtiyor bola ko‘rishingiz shunchalik oson bo‘ladi.


38-DMTT psixologi: Rasulova G.M
Download 233.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling