T e X t o u t ( X, y, s ) (Х, у) координатали нуқтадан s сатрини чиқаради
Download 279.5 Kb.
|
4-tayyor
§1.3. C++ о‘zgaruvchilar
О‘zgaruvchi-programma obyekti bо‘lib, xotiradagi bir nechta yacheyka-larni egallaydi va berilganlarni saqlash uchun xizmat qiladi. О‘zgaruvchi nomga, о‘lchamga va boshqa atributlarga – kо‘rinish sohasi, amal qilish vaqti va boshqa xususiyatlarga ega bо‘ladi. О‘zgaruvchilarni ishlatish uchun ular albatta e’lon qilinishi kerak. E’lon natijasida о‘zgaruvchi uchun xotiradan qandaydir soha zahiralanadi, soha о‘lchami esa о‘zgaruvchining konkret turiga bog‘liq bо‘ladi. Shuni qayd etish zarurki, bitta turga turli apparat platformalarda turlicha joy ajratilishi mumkin. О‘zgaruvchi e’loni uning turini aniqlovchi kalit sо‘zi bilan boshlanadi va ‘=’ belgisi orqali boshlang‘ich qiymat beriladi (shart emas). Bitta kalit sо‘z bilan bir nechta о‘zgaruvchilarni e’lon qilish mumkin. Buning uchun о‘zgaruvchilar bir-biridan ’,’ belgisi bilan ajratiladi. E’lonlar ’;’ belgisi bilan tugaydi. О‘zgaruvchi nomi 255 belgidan oshmasligi kerak. C++ tilida о‘zgaruvchilarning tayanch turlari
Butun son qiymatlarni qabul qiladigan о‘zgaruvchilar int (butun), short: (qisqa) va 1ong (uzun) kalit sо‘zlar bilan aniqlanadi. О‘zgaruvchi qiymatlari ishorali bо‘lishi yoki unsigned kalit sо‘zi bilan ishorasiz son sifatida qaralishi mumkin. Belgi turidagi о‘zgaruvchilar char kalit sо‘zi bilan beriladi va ular о‘zida belgining ASCII kodini saqlaydi. Belgi turidagi qiymatlar nisbatan murakkab bо‘lgan tuzilmalar – satrlar, belgilar massivlari va hakozalarni hosil qilishda ishlatiladi. Haqiqiy sonlar float kalit sо‘zi bilan e’lon qilinadi. Bu turdagi о‘zgaruvchi uchun xotirada 4 bayt joy ajratiladi va Bu turdagi о‘zgaruvchi bool kalit sо‘zi bilan e’lon qilinadi. U turdagi о‘zgaruvchi 1 bayt joy egallaydi va 0 (false, yolg‘on) qiymatidan farqli qiymat (true, rost) qabul qiladi. Mantiqiy tur о‘zgaruvchilar qiymatlar о‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydigan mulohazalarni rost (true) yoki yolg‘on (false) ekanligini tavsifida qо‘llaniladi va ular qabul qiladigan qiymatlar matematik mantiq qonuniyatlariga asoslanadi. Programma matnida о‘zgaruvchi e’lon qilinganda, kompilyator о‘zgaruvchiga xotiradan joy ajratadi. Boshqacha aytganda, programma kodi xotiraga yuklanganda berilganlar uchun, ular joylashadigan segmentning boshiga nisbatan siljishini, ya’ni nisbiy adresini aniqlaydi va obyekt kod hosil qilishda о‘zgaruvchilar uchragan joyga ularning adresini joylashtiradi. Download 279.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling