T. F. Turizm fanidan ishchi o‘quv dastur


V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)


Download 192 Kb.
bet9/12
Sana20.09.2023
Hajmi192 Kb.
#1682895
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
T.F.Turizm 1-kurs KIDT (Ishchi dastur 2023-2024)

V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba bilishi kerak:
Turizm haqida umumiy tushunchalar, turizmning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, turizmda o‘lkashunoslik va turistik tushunchalarini, jismoniy tarbiya tizimida turzmning moxiyati va o‘rni, turizmning me’yoriy dasturi va tashkiliy asoslari tavsifi, turizmda texnika va taktikasi haqida tasavvurga ega bo‘lishi (bilim) kerak;
Talabalar turizmning shakllari, turistik poxodlarni tashkil qilish, turistik poxodlarda sportcha chamalab topish, turistik tabdilarni tashkil qilish usullari, turistik sayoxatlarga tayyorlanish va unga kerakli bo‘lgan jixozlar, oziq – ovqatlar, dori-darmonlar hamda shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlari, nazorat me’yorlarni (Alpomish va Barchinoy test me’yorlarni) olish, topografik va shartli belgilarni aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
Talabalar o‘lkani o‘rganish, tabiatni muxofaza qilish ishlarini olib borishga doir materiallarini o‘rganish. Turistik sayoxatni tashkil qilish va o‘tkazish, unda ko‘rsatilgan masofani piyoda yurib o‘tish, turistik texnikaga doir musobaqalar tashkil qilish, topografiyadan turli mashg‘ulotlar o‘tkazish, marshrut sxemalarini tuzish loyixalash malakalariga ega bo‘lishi kerak;

VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:



  • ma’ruza;

  • individual loyihalar;

  • taqdimotlar qilish;

  • guruhlarda ishlash;

  • “BBB”, “Idrok xaritasi metodi.

VII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid bilimlarni o‘zlashtirish va ko‘nikma va malakalar hosil qilish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish
VIII. Talabalar bilimini baholash
Talaba bilimini baholash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9-avgustdagi 19-2018-sonli buyrug‘iga ilova qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.
(NIZOM -https://lex.uz/docs/3916793).

Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling