T. Liri so’rovnomasii


Download 105.5 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi105.5 Kb.
#1534036
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ЛИРИ методикаси

3. To’g’ri - tajovuzkor. 0-8 ball, tirishqoq, maqsadga erishish yo’lida qat`iyatli, g’ayratli, to’g’ri.
9-12. Talabchan, dangalchi, ochiq, boshqalarni baholashda talabchan va keskin, murosasiz, hamma narsada boshqalarni ayblaydi, istehzoli, masharalashga moyil, asabiy.
13-16. Haddan tashqari qaysar-qat`iyatli, g’arazli, qattiq, atrofdagilarga ko’pincha nodo’stona munosabatda, o’zini bosa olmaydi, jizzaki-qiziqqon, ijtimoiy noma`qul darajada zo’ravonlik qilishi mumkin.


4. Ishonchsizlik - skeptiklik. 0-8 ball. Mulohazalari va harakatlarida haqqoniy, atrofidagilarga tanqidiy munosabatda, shubhalanuvchi, konformli emas( o’z fikrida qoladi)
9-12. Boshqalarga tanqid bilan qarash kuchli ifoda etilgan. Odamlardan hafsalasi pir bo’lgan, arazchi, ochiq emas. Atrofidagilarga ishonchsizlik bilan qaraydi, boshqalar bilan munosabatida birovlarga ishonchsizligi va o’ziga yomon munosabatda bo’lishlaridan cho’chigani uchun bir qator muammolarga ega. O’zining salbiy munosabatini verbal zo’ravonlikda namoyon etadi.
13-16. «Unga dushman, zulmkor va munofiq bo’lgan dunyoga» yotsirash bilan munosabatda bo’ladi, juda shubhalanuvchi va arazchi, hamma narsaga ishonchsizlik bilan qaraydi, kekchi va qasoskor, doimo hammadan nolib yuradi.


5.Itoatkor - tortinchoqlik. 0-8 ball. Kamtar, jur`atsiz, yon bosuvchan, hissiy bosiq, itoatgo’ylik hislati bor, o’z fikriga ega emas, o’z burchlarini itoatgo’ylik va halollik bilan ado etadi.
9-12. Tortinchoq, yuvosh-beozor, tez hijolat bo’ladi, o’zidan kuchliroq kishiga vaziyatni hisobga olmagan holda itoat etishga moyil.
13-16. Itoatgo’y, o’zini pastga urishga va yomonlashga moyil, irodasiz, hamma narsada va hammaga yon bosishga intiladi, hamma vaqt o’zini ohirgi o’ringa qo’yadi va tanqid qiladi, aybni bo’yniga oladi, o’zini gunohkor hisoblaydi, pas­siv, boshqa kuchliroq odamning panohiga va homiyligiga intiladi.


6. Bog’liqlik - bo’ysunuvchanlik. 0-8 ball. Konformli, yumshoq, yordam va maslahat kutadi, ishonuvchan, atrofidagilardan zavqlanishga moyil, muloyim, e`tirof etilishga (uni hisobga olishlariga) muhtoj.
9-12. Itoatli, jur`aatsiz, havotirli, ojiz, qarshilik ko’rsata olmaydi, boshqalar har doim haqligiga sidqidildan ishonadi.
13-16. O’ziga hech ishonmaydi, vasvasali hadiksirashga, qo’rquvlariga ega, har narsadan xavotirlanadi, shuning uchun boshqalarga tobe, ishonuvchan, o’ta konformli(o’z fikriga ega emas).



Download 105.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling