T. M. Karaliyev, O. B. Sattarov, I. F. Sayfiddinov bank faoliyati


Kredit hajmi va uning aylanishi tahlili


Download 293.7 Kb.
bet31/58
Sana23.12.2022
Hajmi293.7 Kb.
#1046282
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58
Bog'liq
Bank faoliyati tahlili (2)

5.5. Kredit hajmi va uning aylanishi tahlili

Tijorat banklari mijozlarga juda ko‘p turli muddatlarga kreditlar beradi. Har bir mijozlarga berilgan kreditlarning hajmi (xoh u milliy sumda yoki chet el valyutasida bo‘lsin) aniq va uning qaytarilishi nazorat qilib boriladi. Tijorat banklari bo‘limlari bo‘yicha kredit hajmlari va ularning ma’lum davrlarda (oy, chorak, yil) o‘zgarish harakatlarni o‘rganish lozim. Buning uchun hiso-bot davri boshidagi kredit qoldiqlari (boshlang‘ich qoldiq summasi) (BKS) hisobot davrida yangidan berilgan kredit summalari (YaKS) hajmi, hisobot davrida qaytarilgan kredit summalari (QKS) va hisobot davri oxirida qol-gan kredit summalari (OKS) hajmi ko‘rsatilgan jadval tuzish kerak bo‘ladi. Bu jadvalda kreditning qaysi manabalardan berilganligi alohida ko‘rsatilishi mumkin. Demak bunda balans usulini qo‘llab, kreditning hajmiga va uning qaytarilishiga umumiy omillar ta’sirini aniqlash mumkin bo‘ladi.


BKS + YaKS = QKS + OKS;


Bu ma’lumotlar asosida, yangidan berilgan kreditlar summasi kredit qoldig‘ining necha foizini tashkil etilishini, shuningdek, qaytarilgan kredit-lar summasi kredit qoldiqlarining qancha foizini tashkil qilishni hisoblash mumkin. Albatta bu ko‘rsatkichlar banklarda turlicha bo‘lishi, u asosan kre-dit muddatiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Lekin bu ko‘rsatkichlarni bir bank bo‘limida bir necha davrini dinamikada o‘rganish kredit hajmi va uning qay-tarilishi bo‘yicha muhim ma’lumotlarni beradi.


Bu borada bank bo‘yicha kreditning o‘rtacha hajmini va uning aylanuv-chanligini o‘rganish ham qiziqdir. Kredit statistikasida kredit hajmi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Kredit hajmi ma’lum davrga berilgan kredit sum-malaridan (barcha mijozlarga berilgan) qaytirilgan kredit summalarini ayi-rib tashlanganligiga teng. Kredit qo‘yilmalari hajmi banklar va mijozlar bo‘yicha qisqa va uzoq muddatga berilgan kredit hajmi va hissalari aniq-lanib o‘rganiladi. Kreditning o‘rtacha hajmi vaznli arifmetik o‘rtacha bilan aniqlanishi mumkin. Bunda kredit summalari (Pi) kredit muddatlariga (ti) ko‘paytirilib kredit muddatlari yig‘indisiga bo‘linadi.



= Ði ti ; bu yerda Ð = kreditning o‘rtacha hajmi


Ð


ti

74



FDх100 ;

К R
Kreditning aylanuvchanligi hisobot davridagi kredit aylanmasi (kredit aylanma summasi – mijozlardan qaytarib olingan kreditlar summasining yig‘indisi tushiniladi) summasini kredit resurslarining o‘rtacha summasiga bo‘lib topiladi.
Kay
Kaym = KR ;

Bu yerda: Kaym – kredit aylanuvchanligi martalar:


Kay – kredit aylanmasi summasi;


KR – kredit resursi o‘rtacha summasiga.


Misol. Tijorat banki 40,0 mln. so‘mlik o‘rtacha kredit resursiga ega. Tah-lil qilinayotgan davrda turli mijozlarga 160,0 mln. so‘mlik kredit berilgan. Shundan 152,0 mln. so‘m mijozlardan muddati tugaganligi sababli qaytarib olingan. Tahlil qilinayotgan davr oxiriga muddati tugamaganligi sababli 8,0 mln. so‘mlik kredit qaytarilmagan. Demak kredit aylanuvchanligi (Kaym) quyidagicha topiladi:


Kaym = KayKr = 152,040,0 = 3,8 marta


Demak, bankning mavjud 40,0 mln. so‘mlik kredit resursi, ushbu davrda 3,8 marta aylangan. Boshqacha qilib aytganda 1 so‘m kredit resursi 3,8 so‘m bo‘lib kredit berishda ishlatilgan. Kredit aylanuvchanlik martalarda aniq bo‘lganda, kreditning o‘rtacha necha kunda aylanganligini (Kayk) topish mumkin. Buning uchun davrdagi kalendar kunlar sonini (D) kredit aylanuv-chanligi martalariga bo‘lamiz.


D
Kayk = Kaym ;

Agarda yuqoridagi misolda, tahlil qilinayotgan davr bir yil bo‘lsa, kalen-dar kunlar soni – 365 kun bo‘lib, kreditning o‘rtacha aylanish kunlari:





Kayk =

365

= 96 kun bo‘ladi.




3,8













Tijorat banklari kredit resurslarining foydalanish samaradorligini ular-ning daromadlilik va rentabillik (foydalilik) darajalari ko‘rsatkichlari ham ifodalaydi. Kredit resurslarining daromadlilik darajasi (Krd) kredit berishdan olingan foiz daromadlari (FD) summasini kredit resurslarining (KR) o‘rtacha qoldig‘iga bo‘lib topiladi.


Krd =


75


Kredit resurslarining rentabellik darajasi (Krr) tijorat banki sof foydasini (SF) kredit reurslari o‘rtacha qoldig‘iga bo‘lib topiladi.

Krr = КSFR;


Tahlilda bu ko‘rsatkichlarning dinamik miqdorlari taqqoslanib ularning ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlari aniqlanadi. Omillar ta’siri o‘rganilib, kredit resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari belgila-nadi.


76





Download 293.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling