T. M. Karaliyev, O. B. Sattarov, I. F. Sayfiddinov bank faoliyati
Download 293.7 Kb.
|
Bank faoliyati tahlili (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «A» bankning 2008–2010-yillar davr uchun aktiv va majburiyatlar bo‘yicha ma’lumot
- Jami aktivlar 92936,6
- Jami majburiyatlar 82242,3 84577,1
- Aktivlarning o‘sish sur’ati 100% 103% 103%
- Tijorat banklari joriy likvidli aktivlarining jami aktivlardagi dinamikasi
- Ko‘rsatkich nomi 2007 2008 2009
107
Demak, yuqoridagi tahlil natijalariga asoslangan holda aytish mumkinki, mazkur bankda aktiv va passivlarni boshqarish siyosati samarasiz amalga oshirilmoqda. 8.4-jadval «A» bankning 2008–2010-yillar davr uchun aktiv va majburiyatlar bo‘yicha ma’lumot (yil oxiriga, mln. so‘m)
«A» bankda joriy likvidlik koeffitsiyentining tahlil natijalari ko‘rib chi-qilganda mijozlar manfaati himoyalangan, lekin mazkur koeffitsiyentning 108
belgilangan me’yordan o‘tib ketganligi ortiqcha resurslar mavjud bo‘lish bilan bog‘liq muammo mavjudligidan dalolat beradi. Bizga ma’lumki, bu muammo «A» bankning daromadlilik darajasini pasaytirib ta’sischilar talabi-ga javob bermaydi. «A» bankning joriy likvidlik koeffitsiyentining bunday sur’atlarda oshib ketishining asosiy sababi kassa, vakillik hisobraqamda va boshqa aktiv hisobraqamlarda pul mablag‘larini ko‘p miqdorda harakatsiz ushlab turishi natijasidadir. Jumladan, 2007-yilning 31-dekabr holatiga kassa hisob raqamlarda 22 842,4 mln. so‘m, muxbirlik hisobraqamda 3907,4 mln. so‘m, boshqa aktiv hisob raqamlarda 40 691,2 mln. so‘m; 2008-yil 31-dekabr holatiga kassa hisob raqamlarda 4 681,7 mln. so‘m, muxbirlik hisobraqamda 860,5 mln. so‘m, boshqa aktiv hisob raqamlarda 63 293,2 mln. so‘m; 2009-yil 31-dekabr holatiga kassa hisob raqamlarda 4 199,6 mln. so‘m, muxbirlik hisobraqamda 1 211,9 mln. so‘m, boshqa aktiv hisob raqamlarda 60 564,2 mln. so‘m; 2010-yil 31-dekabr holatiga kassa hisob raqamlarda 17 097,5 mln. so‘m, muxbirlik hisobraqamda 4 322,1 mln. so‘m, boshqa aktiv hisob raqamlarda 101 790, 4 mln. so‘m. Tahlil natijalariga asoslanib xulosa qilish mumkinki, Davlat-tijorat Xalq bankida mablag‘larni jalb qilish va ularni samarali joylashtirish siyosati yetarli darajada amalga oshirilmayapti. Bu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, bankning kassa va boshqa kassa hujjatlari hisobraqamdagi, muxbirlik hisobraqamdagi va boshqa aktivlardagi pul mablag‘larini ma’lum bir qismini optimal joy-lashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim. Yuqoridagi xulosalarni tasdiqlash maqsadida 2008–2011-yillar davomida mazkur banklarning jami aktivlardagi joriy likvidli aktivlar (kassa, NOS-TRO-vakillik hisobraqamlari, hukumatning qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar)ning salmog‘ini va uning dinamikasini ko‘rib chiqamiz. 8.5-jadval Tijorat banklari joriy likvidli aktivlarining jami aktivlardagi dinamikasi
Jadval ko‘rsatkichlari tahlil qilinganda, DT Xalq bankida 2007-yilda joriy likvidli aktivlari jami aktivlarning 49% ni, 2010–2011-yillarda 35% ni tashkil qilgan. Joriy likvidli aktivlarni jami atkivlar tarkibida bunday miqdor- 109
larda ushlab turish mablag‘larni optimal joylashtirilmaganligidan, bankning daromadlilik darajasi pastligini bildiradi va joriy likvidlik koeffitsiyentining belgilangan me’yordan oshib ketishiga sabab bo‘ladi. AT «O‘zsanoatqurilishbank»da joriy likvidli aktivlar jami aktivlarda oxirgi besh yil davomida mos ravishda 22%, 25%,27%,31% va 30% ni tash-kil qilgan. Bu ko‘rsatkichlar ham joriy likvidli aktivlarning salmog‘i haddan tashqari yuqoriligini va resurslar optimal joylashtirilmaganligidan dalolat be-radi. Demak, bu holat ham o‘z navbatida bankning joriy likvidlik koeffitsi-yentining belgilangan me’yoridan oshib ketishiga sabab bo‘lgan. Yuqoridagi tahlillardan aytish mumkinki, mazkur tijorat banklarida jalb qilingan resurslarni samarali joylashtirish siyosati olib borilmasdan, yuqori likvidli va daromad keltirmaydigan aktivlarda saqlab kelinmoqda. 110
Download 293.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling