Xalq banki O'zbekistonning qadimiy banklaridan
Download 35.69 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bankning
1875 - Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O'zbekistonning qadimiy banklaridan biri hisoblanadi. Toshkentda birlamchi jamg'arma kassalar 1875-yilda tashkil etilgan. 1995 - O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi Qaroriga asosan «O'zjamg'armabank» Davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tashkil etildi. 2015 - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o'zgartirildi. Xalq banki bugun. Hukumatning doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashi tufayli Xalq bankining salohiyati yanada oshib bormoqda. Xalq banki ATB — O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biridir. Aksiyadorlik tijorat Xalq banki — O‘zbekiston dagi eng yirik moliya muassasalaridan biri. Bankning asosiy maqsadi — kompleks ravishda bank tizimini yaratish, aholidan bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish hamda aholini kreditlash va milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun kredit va investitsiya resurslarini ko‘paytirishdan iborat. Bankning markaziy ofisi Toshkent shahrida joylashgan. Oʻzbekistonda ilk bor Xalq banki tomonidan joriy qilingan Call Center yurtimizdagi mavjud aloqa markazlaridan tubdan farq qiladi. Ushbu Call-markazda ish hozirda 8 soatlik rejimda tashkil qilingan boʻlib, keyingi bosqichda tunu kun — 24/7/365 rejimida ishlaydi. Bu orqali mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yigʻilib, ehtiyojlarni oldindan aniqlash orqali avtomatlashtirilgan marketing va prognozlashtirilgan sotuvlar amalga oshiriladi hamda mijozlarga yangi bank xizmat turlari taklif etib borilmoqda. Call Center orqali Xalq banki tizimiga oid muammolaringizni hal qilishda tez yordam olishingiz mumkin. Yoʻqotilgan plastik kartani blokirovka qilish yoki blokdan chiqarish, mobil va internet-banking xizmatlari, omonatlar va kreditlar, hamda pensiya masalalari boʻyicha maslahat olishingiz mumkin. Download 35.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling