T. N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti Azizov Ravshan Komilovichning Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini O‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligi vositas


Download 157.5 Kb.
bet1/2
Sana28.10.2023
Hajmi157.5 Kb.
#1729045
  1   2
Bog'liq
Такриз М Ахмедов Азизов Равшан Комиловичга


T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti Azizov Ravshan Komilovichning “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini O‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligi vositasida manaviy-axloqiy tarbiyalashni takommilashtirish” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishiniga pedagogika fanlari nomzodi Axmedov Marifjon Mamirdjanovichning
TAQRIZI

Hozirgi kunda jahon musiqa madaniyati rivojlanishida mumtoz va estrada san’ati ikki barqaror ijtimoiy tuzilma sifatida “oddiy” va “g‘ayritabiiy” musiqa sifatida idrok qilinishini kuzatish mumkin. Estrada o‘z navbatida zamonaviy tus olgan an’anaviy musiqa sifatida yangicha ko‘rinishga keladi, iste’molchi talablariga moslashtiriladi hamda ommabop musiqa sifatida mumtoz (klassik) jahon musiqasi bilan raqobatga kirishadi.


“Ommabop” tushunchasi – keng jamoatchilikka mo‘ljallangan ma’nosini anglatib, san’at nuqtai nazardan umumiy tinglovchiga mos ravishda yaratilgan, hamma uchun darhol tushunarli bo‘lgan musiqa sifatida talqin qilinadi, chunki ommabop estrada san’ati barcha tinglovchi uchun tushunarli bo‘lishi, sub’ektiv ijobiy taassurot qoldirishi hamda an’anaviylikni o‘zida mujassamlashtirishi lozim.
Estrada musiqasining yana bir o‘ziga xos xususiyati uning “ommaviy madaniyat” doirasidagi funksiyasidir. Ommaviy madaniyatning rag‘batlantiruvchisi, uning namunasi sifatida konservativ, moddiy daromad maqsadida vulgarlashtirish va tovarga aylantirish kabi holatlarning kelib chiqishi ham kuzatiladi. Zamonaviy yaratilgan estrada qo‘shiqlarning aksariyati ushbu maqsadga asoslangan.
Demak, estrada san’atining vosita sifatida jamiyat mafkurasiga ta’siri, uslubi, mavzulari orqali ma’naviy-ahloqiy tarbiyadagi o‘rni va ahamiyatini belgilash bugungi kunning dolzarb pedagogik muammolaridan biridir.
Shu nuqtai nazardan, dissertant Azizov Ravshan Komilovichning “Boʼlajak musiqa oʼqituvchilarini oʼzbek milliy estrada qoʼshiqchiligi vositasida maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashni takomillashtirish” mavzusidagi ushbu tadqiqot ishi aynan shu muammoni yechishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqot doirasida quyidagi vazifalar muvaffaqiyatli hal etilgan:
Muammoga doir falsafiy psixologik, pedagogik hamda san’atshunoslikka oid adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni o‘rganish tahlil etish va umumlashtirish;
o‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligi vositasida manaviy-ahloqiy tarbiyalashning mazmuni, shakli va metodlarini belgilab berish;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini tayyorlash yuzasidan ilg‘or xorijiy hamda milliy tajribalarlarni metodologik va xususiy metodik jihatdan tahlil etish asosida ulardan zamonaviy oliy musiqiy-pedagogik ta’limda foydalanishning pedagogik talablarini ishlab chiqish;
o‘quv-tarbiya jarayonida o‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligi vositasida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimini ishlab chiqish hamda uning samaradorlik darajalarini tajriba-sinov ishlari orqali ilmiy asoslash.

Download 157.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling