T. N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti Azizov Ravshan Komilovichning Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini O‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligi vositas


Download 157.5 Kb.
bet2/2
Sana28.10.2023
Hajmi157.5 Kb.
#1729045
1   2
Bog'liq
Такриз М Ахмедов Азизов Равшан Комиловичга

Tadqiqotning ob’ekti sifatida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini o‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligi vositasida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash jarayoni etib belgilanib, tajriba-sinov ishlari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Urganch davlat universiteti, Termiz davlat pedagogika institutlarida o‘tkazilgan.
Tadqiqot jarayonida mavzuga oid ilmiy manbalar, o‘quv-me’yoriy hujjatlar, o‘quv-uslubiy adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish, pedagogik kuzatuv, anketa, umumlashtirish, savol-javob, suxbat, pedagogik eksperiment, matematik-statistika metodlaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari sifatida quyidagilar ta’kidlangan:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini o‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligi vositasida manaviy-ahloqiy tarbiyalashga o‘rgatishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar yaratilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini o‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligi vositasida manaviy-ahloqiy tarbiyalashning pedagogik, psihologik hamda metodik yo‘nalishlari belgilangan;
“Vokal va zamonaviy musiqa” fani bo‘yicha metodik tavsiyanomalar va dasturlar nashr qilingan;
musiqiy-pedagogika sohasida tahsil olayotgan talabalari uchun “Estrada qo‘shiqchiligi” fan dasturi ishlab chiqilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini o‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligi vositasida manaviy-ahloqiy tarbiyalash jarayonining texnologik asoslari ishlab chiqilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini o‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligi vositasida manaviy-ahloqiy tarbiyalashga yo‘naltirilgan dars turlari va didaktik vositalar, usul hamda metodlar tasniflangan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “O‘zbekistonda milliy estrada qo‘shiqchiligi san’atini rivojlantirishining ilmiy nazariy asoslari deb nomlangan bo‘lib, unda mashhur o‘zbek milliy estrada bastakorlarining ilmiy nazariy asoslari ixtisosiy-ijodiy tavsif berilgan. Birinchi bobning birinchi fasli o‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligi san’atining o‘ziga hos bo‘lgan hususiyatlari va an’analari O‘zbekiston musiqa madaniyati va musiqa ta’limida o‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligining o‘rni, bastakorlar musiqiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilishga oid bo‘lib, ulardan bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash tizimiga yo‘naltirilgan ta’limiy jarayonda foydalanish imkoniyatlari tahliliy tadqiq etilgan. Shuningdek, estrada qo‘shiqchiligi asarlarining ijodining ma’naviy-ahloqiy jihatlari ochib berilgan.
Shu bilan birga o‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligining o‘ziga xos ijodiy yo‘nalishi asoschilaridan biri, Yalla ansambli tashkilotchisi va rahbari Botir Zokirovning o‘zbek estrada san’atining rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, uning ijrosidagi estrada qo‘shiqlari vositasida yoshlarda ma’naviy-ahloqiy sifatlarni shakllantirish imkoniyatlari ochib berilgan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini o‘zbek milliy estrada qushiqchilik san’ati vositasida ma’naviy- axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish metodikasideb nomlanib, mazkur bob musiqiy-pedagogika yo‘nalishi talabalariga zamonaviy ta’lim berish sharoitida estrada qo‘shiqlar mazmuni, ustoz-shaogird an’analarining ta’sirchanligini tajribaviy tekshirishga bag‘ishlangan. Xususan, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining manaviy-estitik tarbiyalashda kasbiy-musiqiy tayyorgarligini oshirishda o‘zbek milliy estrada sanatimizning ahamiyati talqin qilinib, estrada qo‘shiqchilik sanatining yangi yo‘nalishlari ham ijrochilik, ham pedagogik faoliyati asosida yotgan ijodiy, milliylik tamoyillariga alohida urg‘u berildi; talabalarning ijrochilik madaniyatini shakllantirishga imkon beruvchi bastakorlar yaratgan asarlarning didaktik imkoniyatlari ochib berildi.
O‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligini tahlil etish natijasida oliy musiqa ta’limining ijobiy ta’sirchan estrada qo‘shig‘ining mazmuniga jiddiy e’tibor berish; milliy oxang, o‘ziga xos milliy uslublarini, shogirdlarning individual xususiyatlariga ko‘ra ularga alohida yondashuv hamda iqtidoriga mos ixtisoslikka yo‘naltirish, bu jarayonda onglilik, faollik va musiqiy materiallarni egallashda bekamiko‘stlik kabi turli shakl va usullarning umumlashuvi eng muhim tamoyillar sirasiga kirishi musiqiy-pedagogik ta’lim nuqtai nazaridan tahlil etilgan..
Dissertatsiyaning uchinchi bobi “Tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish metodikasi va uning natijalari” deb nomlanib, uning mazmunida tadqiqot maqsadiga ko‘ra ishlab chiqilgan tajriba-sinov dasturi asosida ishlarni yo‘lga qo‘yish va amalga oshirish hamda olingan natijalar o‘z ifodasini topdi. Tajriba-sinov ishlari to‘rt bosqichda olib borildi. Talabalarni sinov muddati sharti bilan diqqat asosida tanlash xususiy-guruhiy ta’lim shakllari, musobaqa va tanlovlar, ustozlar va boshqa taniqli bastakorlar ishtirokidagi konsertlarda ishtirok etish singari sinfdan tashqari tadbirlar bunday ta’lim shakllari sirasiga kiritilgan.
Tajriba jarayonida turli ta’lim usullarini ommalashtirish ko‘zda tutildi. Bunda bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining o‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligi vositasida ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etar ekanmiz, bu jarayonni pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi o‘qituvchilar hamda bo‘lg‘usi pedagoglar ya’ni talabalar yaxshi bilishlari va ulardan o‘z pedagogik faoliyatlarida keng foydalanishlarini hisobga olgan holda tadqiqotchi tomonidan qo‘yilgan talablarni hisobga olishni nazarda tutilgan. Statistik ishlanmada shakllantiruvchi tajriba va uning natijalari tavsiflab berilgan.
Tadqiqot natijasida erishilgan yutuqlar bilan ba’zi mulohazali jihatlari ham mavjud:

  1. Xorijiy tajribalardan foydalanib, estrada san’atining ma’naviy- axloqiy tarbiyalash imkoniyatlarini kengroq yoritish lozim edi.

  2. Dissertatsiyada milliy estrada san’atini an’anaviylik hususiyatlarini ochib beruvchi lad-tonal, metro-ritmik ifoda vositalarinining didaktik imkoniyatlarini belgilash orqali ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning shakl, usul va vositalariga kengroq o‘rin ajratish kerak edi.

  3. Dissertatsiya ishining xulosalarini yanada kengaytirish lozim edi.

  4. Dissertatsiya matnida zamonaviy estrada qo‘shiqlarining mazmuni va mohiyatiga ko‘proq e’tibor qaratilganda ishning amaliy ahamiyati yanada ortgan bo‘lar edi.

  5. Dissertatsiya ishida ma’naviy-axloqiy mazmundagi o‘quv materiallarini bashqa fanlarga integratsiyalash masalalari bo‘yicha ishlanmalar yetarlicha yoritilmagan.

Bu muloxazalar ishning ilmiy ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Muallifning e’lon qilingan maqolalari va avtoreferat dissertatsiyaning asosiy mohiyatini o‘zida ifodalagan. Shularni hisobga olib, aytish mumkinki, Azizov Ravshan Komilovichning “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini O‘zbek milliy estrada qo‘shiqchiligi vositasida manaviy-axloqiy tarbiyalashni takommilashtirish” mavzusidagi falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyasi mustaqil bajarilgan, avtoreferat hamda ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalarda dissertatsiya mazmuni o‘z ifodasini topgan, ish O‘zbekiston Respublikasi OAKning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalariga qo‘yilgan talablariga mos keladi. Talabgor Azizov Ravshan Komilovichni pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
Musiqiy pedagogika” kafedrasi
dotsenti v.b., pedagogika fanlari nomzodi M.M.Axmedov
Download 157.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling