T. N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori X. I. Ibraimovga


Download 11.58 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi11.58 Kb.
#1450272
Bog'liq
Erkayev





T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori X.I.Ibraimovga


HURMATLI XOLBOY IBRAGIMOVICH!
Sizning 03.04.2023-yildagi 01/15-09-57-sonli xatingiz universitet rahbariyati tomonidan o‘rganib chiqildi.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektorining 29.10.2020-yil “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 01-068-sonli buyrug‘iga asosan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti o‘qituvchisi Erkayev Xusan Axmadaliyevichga 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Axborot xavfsizligi fanini o‘qitishda amaliy mashg‘ulotlarni vizuallashtirish va o‘quv trenajorlarini yaratish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktorlik dissertatsiyasi ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotda qo‘llashga doir tajriba-sinov ishlarini Chirchiq davlat pedagogika universiteti Matematika va informatika fakulteti “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasida 17.04.2023-yildan 17.07.2023-yilgacha o‘tkazish uchun ruxsat berildi.
Talabgor Erkayev Xusan Axmadaliyevichga tajriba-sinov ishlarini olib borishi uchun Chirchiq davlat pedagogika universiteti tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilishini ma’lum qilamiz.
Rektor G.I.Muxamedov
Ijrochi: O.E.Ziyadullayev
Tel: 70 716 68 29
Download 11.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling