T oshkent-2022 Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortishda soliq nazoratining axamiyati. Reja
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan deklaratsiya asosida daromad soligʼini toʼlashning oʼziga xos xususiyatlari
Download 495 Kb.
|
Солик Мустакиш иш 2
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan deklaratsiya asosida daromad soligʼini toʼlashning oʼziga xos xususiyatlari.
Kalendarь yilda tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million soʼmdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼini (keyingi oʼrinlarda — daromad soligʼi) qatʼiy belgilangan miqdorda yoki jami yillik daromadi toʼgʼrisidagi deklaratsiya asosida toʼlashni tanlashga haqli. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq toʼlash tartibini quyidagilar orqali tanlashga haqli: tadbirkorlik subʼektining davlat roʼyxatidan oʼtkazilishi chogʼida tanlangan soliq toʼlash tartibini koʼrsatish; doimiy yashash joyi boʼyicha soliq organlariga joriy yilning 25 yanvaridan kechiktirmasdan tanlangan soliq toʼlash tartibi toʼgʼrisida bildirish xati taqdim etish. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan bildirish xati belgilangan muddatda taqdim etilmasligi uning soliqni qatʼiy belgilangan miqdorda toʼlashga roziligini bildiradi. Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish bilan shugʼullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan daromad soligʼi faqat jami yillik daromadi toʼgʼrisidagi deklaratsiya asosida toʼlanadi. Daromad soligʼini jami yillik daromadi toʼgʼrisidagi deklaratsiya asosida toʼlashni tanlagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan doimiy yashash joyidagi soliq organiga: joriy yilning 1 fevralidan kechiktirmay; yangi roʼyxatdan oʼtgan yoki tadbirkorlik faoliyatini qayta boshlagan tadbirkorlik subʼektlari tomonidan roʼyxatdan oʼtkazilgan oyning oxiriga qadar dastlabki tarzdagi deklaratsiya taqdim etiladi. Daromad soligʼi yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya yoki soliq organining xabarnomasi asosida, har oyda daromad olingan oydan keyingi oyning 15-kuniga qadar toʼlanadi. Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha toʼxtatilgan davrda dastlabki deklaratsiya asosida daromad soligʼining hisoblanishi toʼxtatib turiladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar jami yillik daromadi toʼgʼrisidagi deklaratsiyani roʼyxatdan oʼtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etadi. Bunda, yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʼliq boʼlgan haqiqatda amalga oshirilgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromaddan chegirib tashlash huquqiga ega. Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini butunlay toʼxtatmoqchi boʼlsa, faoliyatini toʼxtatishidan oʼn kun oldin roʼyxatdan oʼtkazilgan joyidagi davlat soliq xizmati organiga jami yillik daromadi toʼgʼrisidagi deklaratsiyani taqdim etadi. Jami yillik daromad toʼgʼrisidagi deklaratsiya asosida hisoblab chiqarilgan daromad soligʼining yillik summasi yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan oʼtgan hisobot yili davomida toʼlangan soliq summasidan qatʼi nazar hisobot yilida haqiqiy olingan daromad miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda, hisoblanadigan soliq summasi hisobot yili davomida mazkur Nizomning 19-bandiga asosan toʼlangan soliq summasiga nisbatan kamayishga hisoblanishi mumkin. Yil yakuni bilan hisoblab chiqarilgan daromad soligʼining yillik summasi bilan yil mobaynida toʼlangan summalar oʼrtasidagi farq kelgusi yilning 1 iyunidan kechiktirmay soliq toʼlovchidan undirilishi yoki unga qaytarilishi lozim. Faoliyatini butunlay toʼxtatmoqchi boʼlgan yakka tartibdagi tadbirkorning jami yillik daromad toʼgʼrisidagi deklaratsiyasi asosida hisoblab chiqarilgan daromad soligʼining yillik summasi bilan yil mobaynida toʼlangan summalar oʼrtasidagi farq faoliyatini toʼxtatguniga qadar soliq toʼlovchi tomonidan toʼlanishi yoki unga qaytarilishi lozim. Аgar soliq toʼlovchi jami yillik daromadi toʼgʼrisidagi deklaratsiyani taqdim etmagan boʼlsa, shuningdek, oldin taqdim etilgan deklaratsiyada notoʼgʼri maʼlumotlar aniqlangan va soliq toʼlovchi tomonidan jami yillik daromadi toʼgʼrisidagi deklaratsiyaning oʼzgarganligi haqidagi ariza belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan taqdirda, soliq organi soliq summasini oʼzidagi mavjud axborot asosida hisoblashga va toʼlanishi lozim boʼlgan, hisoblangan soliq summasi toʼgʼrisida soliq toʼlovchiga oʼn kunlik muddatda toʼlov xabarnomasini topshirishga haqli. Soliq toʼlovchi tomonidan jami yillik daromadi toʼgʼrisidagi deklaratsiya yoki toʼgʼrilangan deklaratsiya taqdim etilgan taqdirda, soliqning yakuniy summasi ushbu deklaratsiyani hisobga olgan holda aniqlanadi. Daromad soligʼini jami yillik daromadi toʼgʼrisidagi deklaratsiya asosida toʼlashga oʼtkazilgan yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan Hisobga olish daftari yuritilmaganligi yoki belgilangan tartibda yuritilmaganligi aniqlangan taqdirda, soliq amalga oshirilgan faoliyat turlari uchun belgilangan qatʼiy miqdordagi summadan kam boʼlmagan miqdorda toʼlanadi. Download 495 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling