T oshkent-2022 Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortishda soliq nazoratining axamiyati. Reja
Jami yillik deklaratsiya asosidagi daromad soligʼi
Download 495 Kb.
|
Солик Мустакиш иш 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аylanmadan olinadigan soliq hamda umumbelgilangan soliq toʼlovlari
Jami yillik deklaratsiya asosidagi daromad soligʼi
Yakka tartibdagi tadbirkor jami yillik deklaratsiya asosidagi daromad soligʼini t oʼ lash tartibini quyidagilar orqali tanlashga haqli: 1) tadbirkorlik sub ʼe ktini davlat r oʼ yxatidan oʼ tkazilishi cho gʼ ida tanlangan soliq t oʼ lash tartibini k oʼ rsatish; 2) doimiy yashash joyidagi soliq organiga joriy yilning 25 yanvaridan kechiktirmasdan tanlangan soliq t oʼ lash tartibi t oʼ gʼrisida bildirish xati taqdim etish. Soliq t oʼ lovchi tomonidan bildirish xatini k oʼ rsatilgan muddatda taqdim etilmasligi uning soliqni qat ʼ iy belgilangan miqdorda t oʼ lashga roziligini bildiradi. Mazkur yakka tartibdagi tadbirkorlar joriy yilning 1 fevralidan kechiktirmay, yangi roʼyxatdan oʼ tgan tadbirkorlar r oʼ yxatdan oʼ tkazilgan oyning oxiriga qadar soliq organiga dastlabki deklaratsiyani taqdim etadi hamda soliqni daromad olingan oydan keyingi oyning 15 kunigacha har oyda toʼlab boradi. Shuningdek, mazkur yakka tartibdagi tadbirkorlar jami yillik daromadi t oʼgʼ risidagi deklaratsiyani soliq organiga keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etadi hamda hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirib tashlagan holda soliqni keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay toʼlaydi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlarini yuritishi shart. Аylanmadan olinadigan soliq hamda umumbelgilangan soliq toʼlovlari Kalendarь yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 million soʼmdan oshgan, biroq bir milliard soʼmgacha boʼlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar oshib ketgan summadan aylanmadan olinadigan soliqni toʼlashga oʼtadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni toʼlash oʼrniga qoʼshilgan qiymat soligʼini va foyda soligʼini toʼlashga oʼtishga haqli. Buning uchun yakka tartibdagi tadbirkor hisobda turgan joyidagi soliq organiga tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari 100 million soʼmdan oshgan sanadan besh kundan kechiktirmay, belgilangan shaklda bildirishnoma yuboradi. Tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan daromadi kalendarь yil davomida bir milliard soʼmdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qoʼshilgan qiymat soligʼi va foyda soligʼi toʼlaydi. Download 495 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling