Tayanch iboralar. Iqtisodiy tahlil turi. Ichki va tashqi tahlil. Tezkor tahlil. Joriy
tahlil .Istiqbol tahlil Global tahlil.Lokal tahlil.Tematik tahlil. Mikroiqtisodiy tahlil.
Omilli tahlil. Staxostik tahlil, Loyiha tahlili
Asosiy savollar:
6.1. Iqtisodiy tahlilning turlari to’g’risida tushuncha va tasniflash belgilari.
6.2. Iqtisodiy tahlilning asosiy turlarining mazmun-mohiyati va tavsifi.
6.3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tahlilni boshqaruv va moliyaviy tahlil
turlariga ajratishning zarurligi.
6.1. Iqtisodiy tahlilning turlari to’g’risida tushuncha va
tasniflash belgilari.
Iqtisodiy tahlilning turlari deganda nima tushuniladi? Iqtisodiy tahlilning
turlari deganda maxsus belgilari, xossalari, vazifalari kabilar bilan umumiy bo’lgan
guruhlar tushuniladi.
Tahlil turlari har xil bo’lgan bilan ularda qo’llaniladigan usullar bir-biriga yakin
va o’xshash bo’ladilar. Iqtisodiy tahlil turlari turli xil belgilar bo’yicha guruhlarga
bo’linib o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |