51
10.2.Kompleks tahlilda o’rganiladigan ko’rsatkichlar va ularning
o’zaro bog’liqligi.
Korxonalar faoliyatini chuqur o’rganish uchun ko’rsatkichlar
tizimidan
foydalaniladi. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:
1.Korxonaning tashqiliy texnik holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
2.Ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq ko’rsatkichlar;
3.Moliyaviy natijalar bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlar;
4.Korxonaning to’lovga qodirlik darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar va
boshkalar.
Kompleks tahlil xo’jalik faoliyatining barcha tomonlari ko’rsatkichlarini to’liq
qamrab olgan holda ham , alohida tomonlarining ko’rsatkichlari bo’yicha ham, alohida
soxalari bo’yicha ham o’tkazilishi mumkin. Bu tahlil oldiga ko’yilgan maqsadga
bog’liq bo’ladi. Masalan, xo’jalik faoliyati bo’yicha moliyaviy natijalarni o’rganish
maqsad kilib ko’yilsa, aynan shu ko’rsatkichlar bo’yicha
kompleks tahlil amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: