Asosiy savollar:
17.1. Xo’jalik moliyaviy ahvolini ifodalovchi ko’rsatkichlarning tavsifi
17.2 Xo’jalikning umumiy moliyaviy holatini tahlil qilish uslubi.
17.3. Xo’jalikning moliyaviy barqarorligini tahlil qilish uslubi
17.4. Xo’jalikning to’lovga qodirligini tahlil qilish uslubi.
17.1. Xo’jalik moliyaviy ahvolni ifodalovchi ko’rsatkichlarning tavsifi
Moliyaviy faoliyat tahlilini asosiy qismi bo’lib, korxona moliyaviy holatining
tahlili hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy holati moliyaviy barqarorligi, to’lovga
qodirligi, moliyaviy mustaqilligi, moliyaviy qaramligi,o’z mablag’lari bilan
ta’minlanishi, debitorlik va kreditorlik qarzlarini holati kabi ko’rsatkichlar tizimi bilan
ifodalanadi.
Korxona moliyaviy ahvolining tahlili taxminan quyidagi uslubiy ketma-ketlik
asosida amalga oshirilishi kerak:
1.Xo’jalikning umumiy moliyaviy holati buxgalteriya balansi ma’lumotlari
asosida tahlil qilinib, baho beriladi.
2.Korxona moliyaviy barqarorligining tahlili bajariladi va baho beriladi.
3.Korxona to’lov qobiliyatining tahlili amalga oshiriladi va baho beriladi.
4.Moliyaviy mustaqilligi(qaramligi) koefisiyentining tahlili bajariladi.
5.Mol-mulk va mablag’lar harakatchanligining tahlili bajariladi va shundan so’ng
moliyaviy ahvolga umumiy baho berilib, xulosa qilinadi.
87
Do'stlaringiz bilan baham: |