T. Qudratov N. Fayziyeva
Iqtisodiy tahlil nazariyasi fani bo’yicha amaliy mashg’ulotlarda
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy tahlil nazariyasi
Iqtisodiy tahlil nazariyasi fani bo’yicha amaliy mashg’ulotlarda
dajariladigan masalalar to’plami 96 8 K IRISH O’zbekiston Respublikasini dunyodagi rivojlangan mamlakatlar qatoriga yetkazish uchun unda mavjud bo’lgan barcha ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarini zamon talabiga to’liq javob beradigan sifatli malakali kadrlar bilan ta’minlash zarur. Ushbu moummonni ijobiy hal qilish uchun tayyorlanadigan kadrlarni birinchi navbatda, o’quv adabiyotlari bilan yetarli darajada taminlash zarur. Shunday o’quv adabiyotlari tarkibiga yangi pedagogik texnalogiya metodini qo’llash asosida tayyorlangan maruzalar kursi ham kiradi. Iqtisodiyotda bo’lgan yangilik va o’zgarishlarni hisobga olgan holda tayyorlangan maruza matnlari talabalarni o’qitishda muhim ta’lim vositasi bo’lib hizmat qiladi. Maruza matnlari bilan talabalarni ta’minlash ularning bilimini mustahkamlashda va fanning asoslarini o’zlashtirishda muhim rol o’ynaydi. Ushbu zaruriyatdan kelib chiqqan holda “Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi bo’yicha o’qiyotgan talabalar uchun “ Iqtisodiy tahlil nazariyasi” fani bo’yicha maruzalar matnlari tayyorlangan. Ma’lumki, iqtisodiy tahlil xo’jalik yurituvchi subyektlarda mavjud bo’lgan tabiiy, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini aniqlashda va hayotga jalb qilishda muhim boshqaruv vositasi bo’lib hizmat qiladi. Uni bevosita amalga oshirish uchun har bir mutahassis, birinchi navbatda, uning nazariyasini yahshi va puxta egallab olishi zarur. Shundagina u faoliyat ko’rsatayotgan ish joyida iqtisodiy tahlilni samarali olib borish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ushbu fanga namunaviy o’quv rejada maruza uchun 36 soat, amaliy dars uchun 36 soat, mustaqil ish uchun 72 soat miqdorida o’quv yuklama ko’zda tutilgan. Ma’ruzalar kursi dosent T.Qudratov tomonidan OO’MTV 2012 yil 14 martda tasdiqlagan “Iqtisodiy tahlil nazariyasi” fani o’quv dasturiga mos holda tayyorlangan va u OO’MTV ishlab chiqqan “Uzliksiz ta’lim tizimi uchun o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi”ning talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan. Fanning o’quv dasturida 9-ta bob aks ettirilgan. Boblardagi masalalarning mazmun qarab,ularni mavzularga ajratdik. Har bir bob bir yoki bir necha mavzularni o’z ichiga oldi. Masalan, 1,2,4,6,7,9 – boblar bir mavzudan, 3-bob ikki, 5-bob uch , 8-bob yettita mavzudan, tashkil topdi.Xullas, 9-ta bob 18 mavzuga ajratildi va ular bo’yicha dars o’tish ko’zda tutildi. Marualar “Bilaman . Bilishni xohlayman . Bilib oldim”, “Aqliy hujum” va “Blis- so’rov” ta’lim texnologiyalarini qo’llash orqali o’qiladi.“ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling