T. Qudratov N. Fayziyeva


-mavzu. Iqtisodiy tahlil fanining rivojlanish tarixi va xo’jalikni


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/161
Sana08.01.2022
Hajmi1.95 Mb.
#239397
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy tahlil nazariyasi

1-mavzu. Iqtisodiy tahlil fanining rivojlanish tarixi va xo’jalikni  
boshqarishdagi  o’rni 
Dars o’quv maqsadi.Darsningo’quv maqsadi bo’lib, iqtisodiy tahlil fanining 
paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini, uning xo’jalikni boshqarishdagi o’rni va 
tamoyillarining mazmunini bayon qilish va talabalarga o’rgatish hisoblanadi.  
Tayanch iboralar.  Tahlil. Balans tahlili.Hisobot tahlili.Xo’jalik faoliyatining 
tag’lili. Iqtisodiy tahlil. Boshqaruv tahlili. Moliyaviy tahlil.  
Asosiy savollar: 
1.1.  Iqtisodiy tahlil fanining paydo bo’lishi va rivojlanish tapixi 
1.2.  Iqtisodiy tahlil fanining O’zbekistonda rivojlanishi 
1.3.  Iqtisodiy tahlilning xo’jalikni boshqarishdagi  o’rni va uning tamoyillari 
1.1.  Iqtisodiy tahlil fanining paydo bo’lishi va rivojlanish 
tarixi 
Kishilik jamiyatining paydo bo’lishi bilan uning a’zolarining ongi o’sib, 
rivojlanib, taraqqiy etib borgan, oqibatta uning barcha tomonlarida sodir bo’lgan va 
bo’layotgan hodisa va jarayonlar hamda ularning natijalarini kuzatish va o’rganish 
asosida borliq to’g’risida turli fikrlar va qarashlar yuzaga kelaboshlagan. Bular esa o’z 
navbatida ishlab chiqarish jarayonining kengayishi va uning natijalarini o’sishiga 
hamda ular bo’yicha hisob ishlarini olib borishga sababchi bo’lgan. Xullas, ushbu fikr 
va qarashlarning shakllanishi va rivojlanib borishi turli yo’nalishdagi fanlarning paydo 
bo’lishiga olib kelgan. Shunday fanlardan biri bo’lib iqtisodiy tahlil fani hisoblanadi.  
Iqtisodiy tahlil fani “Buxgalteriya hisobi” va “Statistika” fanlari negizida yuzaga 
kelgan. Bu fanning paydo bo’lishiga, shakllanishiga va takomillashiga olib keluvchi 
omillar bo’lib, jamiyatda yuzaga kelgan ob’yektiv shart-sharoitlar
 hisoblanadi.  
XV-XVII asrlarda ishlab chiqarish jamiyatning barcha sohalarida keng ko’lamda 
rivojlanaboshlagan. Bu esa o’z navbatida hisob ishlarini ham yuritishni taqozo etgan, 
ya’ni ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan moddiy va mehnat resurslari sarfini 
hamda uning natijalarini qayd qilish uchun hisob ishini olib borishga ehtiyoj tug’ilgan, 


10 
 
natijada hisob-kitob ishlari yuritilaboshlagan. Ishlab chiqarishning yanada rivojlanib, 
kengayib va taraqqiy etib borishi mavjud imkoniyatlarni aniqlab, xo’jalik faoliyatiga 
jalb etishni talab qilgan. Ammo ushbu muammoni hal qilishda hisob ma’lumotlari 
yetarli bo’lmay qolgan. Bu esa ob’yektiv  holatda tahlilning paydo bo’lishiga sababchi 
bo’lgan. 
Buxgalteriya hisobi fanining paydo bo’lganligiga taxminan 550 yildan, iqtisodiy 
tahlilning vujudga kelganligiga esa 130 yildan ortiqroq vaqt o’tgan. Demak, iqtisodiy 
tahlil ham eskidan shakllangan fanlardan biri bo’lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi 
bo’yicha birinchi asar XV asrda paydo bo’lgan. Ushbu fikrni professor 
M.Pardayevning “Iqtisodiy tahlil nazariyasi” darsligida keltirilgan ma’lumotlar asosida 
bayon qildik. Buxgalteriya hisobi bo’yicha yaratilgan birinchi asar  Vendrikt 
Katrulinning 1458 yilda “Savdo va xususiy savdogar” nomi bilan nashr qilingan kitobi 
hisoblanadi. Ana o’sha yildan boshlab, buxgalteriya hisobining yaratilganligi 
hisoblansa, uning yoshi 550 yildan oshgan hisoblanadi. 
Buxgalteriya hisobiga bag’ishlangan asarlar Yevropa mamlakatlarida (Gollandiya, 
Angliya, Fransiya kabi mamlakatlarda)  XVI-XVII asrlarda keng ko’lamda yaratila 
boshlagan. Rossiyada esa XIX asrda paydo bo’lgan. Rossiyada buxgalteriya hisobiga 
bag’ishlangan birinchi asar V.S.Nemchinov tomonidan 1840 yilda nashr qilingan ikki 
qismdan iborat bo’lgan “Hisob fani” kitobi hisoblanadi. Bu ma’lumot ham professor 
M.Pardayevning yuqorida nomi
 zikr etilgan darsligi asosida bayon qilindi
1
. Shundan 
keyin buxgalteriya hisobiga bag’ishlangan kitoblar safi Rossiyada kengayib borgan. 
Tahlilning elementlari XVIII asr oxirlarida hisob ma’lumotlari asosida paydo 
bo’laboshlagan. Tahlil elementlari Rossiyada 1880 yildan boshlab chiqa boshlagan 
“Schetovodstvo” jurnali sahifalaridan o’rin olgan maqolalarda aks ettirilgan Ushbu 
maqolalar asosan buxgalteriya balansining tahliliga bag’ishlangan. Natijada iqtisodiy 
tahlil faniga asos solingan. Ushbu fan birinchi marta “Balansshunoslik” fani tariqasida 
paydo bo’lgan. Iqtisodiy tahlil hozirgi shakllangan fan shakliga kelganga qadar bir 
                                                             
1
 Pardayev M. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Darslik/Zarafshon  nashriyoti,Samarqand-2001.,29 bet 


11 
 
qancha evolyutsion yo’lni bosib o’tgan. U balansshunoslik, balans tahlili, hisobot tahlili, 
iqtisodiy tahlil,xojalik faoliyatining tahlili shakllarida namoyon  bo’lgan. 
Ushbu fan 1940 yillarga kelib, “Xo’jalik faoliyatini tahlil qilish” fani sifatida to’liq 
shakllangan va Oliy o’quv yurtlarida mustaqil fan tariqasida o’qitila boshlangan. 
Keyinroq “Buxgalteriya hisobi va xo’jalik faoliyatining tahlili” mutaxassisligi bo’yicha 
kadrlar tayyorlana boshlangan, mustaqillikka erishgandan keyin iqtisodiy tahlil 
mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda. 
50-60 yillardan boshlab, tahlil fanining iqtisodiyot tarmoqlariga mos holda bir 
qancha turlari vujudga keldi. Bularga sanoat korxonalari faoliyatining tahlili, qishloq 
xo’jalik korxonalari faoliyatining tahlili, savdo korxonalari faoliyatining tahlili hamda 
boshqa sohalar korxonalari faoliyatining tahlili kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin. 
80-yillardan boshlab iqtisodiy tahlil fanining nazariyasini yaratish bo’yicha ijodiy 
ishlar olib borildi va natijada u fan shaklida tashkil topdi. Ushbu fan nazariyasini 
birinchi bo’lib, moskvalik olimlar M.I.Bakanov va A.D.Sheremet 1987 yilda “Teoriya 
ekonomicheskogo analiza” nomi bilan yaratgan. Shundan keyin ushbu fan Ukrainalik, 
Belorusiyalik va O’zbekistonlik olimlar tomonidan ham darslik tariqasida yaratildi. 
Mazkur fan MDH davlatlari oliy o’quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o’qitilib 
kelinmoqda. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling