Iqtisodiy tahlil fanining rivojlanish tarixi va xo’jalikni boshqarishdagi o’rni


Download 6.69 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi6.69 Kb.
#1604769
Bog'liq
iqtisodiy tahlil va audit

Iqtisodiy tahlil fanining rivojlanish tarixi va xo’jalikni boshqarishdagi o’rni

Reja:

  • 1. Iqtisodiy tahlil fanining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi
  • 2. Iqtisodiy tahlil fanining O’zbekistonda rivojlanishi
  • 3. Iqtisodiy tahlilning xo’jalikni boshqarishdagi o’rni va uning tamoyillari

Iqtisodiy tahlil fani “Buxgalteriya hisobi” va “Statistika” fanlari negizida yuzaga kelgan. Bu fanning paydo bo’lishiga, shakllanishiga va takomillashiga olib keluvchi omillar bo’lib, jamiyatda yuzaga kelgan ob’yektiv shart-sharoitlar hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi fanining paydo bo’lganligiga taxminan 550 yildan, iqtisodiy tahlilning vujudga kelganligiga esa 130 yildan ortiqroq vaqt o’tgan. Demak, iqtisodiy tahlil ham eskidan shakllangan fanlardan biri bo’lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi bo’yicha birinchi asar XV asrda paydo bo’lgan. Ushbu fikrni professor M.Pardayevning “Iqtisodiy tahlil nazariyasi” darsligida keltirilgan ma’lumotlar asosida bayon qildik. Buxgalteriya hisobi bo’yicha yaratilgan birinchi asar Vendrikt Katrulinning 1458 yilda “Savdo va xususiy savdogar” nomi bilan nashr qilingan kitobi hisoblanadi.

  • Iqtisodiy tahlil fani “Buxgalteriya hisobi” va “Statistika” fanlari negizida yuzaga kelgan. Bu fanning paydo bo’lishiga, shakllanishiga va takomillashiga olib keluvchi omillar bo’lib, jamiyatda yuzaga kelgan ob’yektiv shart-sharoitlar hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi fanining paydo bo’lganligiga taxminan 550 yildan, iqtisodiy tahlilning vujudga kelganligiga esa 130 yildan ortiqroq vaqt o’tgan. Demak, iqtisodiy tahlil ham eskidan shakllangan fanlardan biri bo’lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi bo’yicha birinchi asar XV asrda paydo bo’lgan. Ushbu fikrni professor M.Pardayevning “Iqtisodiy tahlil nazariyasi” darsligida keltirilgan ma’lumotlar asosida bayon qildik. Buxgalteriya hisobi bo’yicha yaratilgan birinchi asar Vendrikt Katrulinning 1458 yilda “Savdo va xususiy savdogar” nomi bilan nashr qilingan kitobi hisoblanadi.

80-yillardan boshlab iqtisodiy tahlil fanining nazariyasini yaratish bo’yicha ijodiy ishlar olib borildi va natijada u fan shaklida tashkil topdi. Ushbu fan nazariyasini birinchi bo’lib, moskvalik olimlar M.I.Bakanov va A.D.Sheremet 1987 yilda “Teoriya ekonomicheskogo analiza” nomi bilan yaratgan. Shundan keyin ushbu fan Ukrainalik, Belorusiyalik va O’zbekistonlik olimlar tomonidan ham darslik tariqasida yaratildi.

  • 80-yillardan boshlab iqtisodiy tahlil fanining nazariyasini yaratish bo’yicha ijodiy ishlar olib borildi va natijada u fan shaklida tashkil topdi. Ushbu fan nazariyasini birinchi bo’lib, moskvalik olimlar M.I.Bakanov va A.D.Sheremet 1987 yilda “Teoriya ekonomicheskogo analiza” nomi bilan yaratgan. Shundan keyin ushbu fan Ukrainalik, Belorusiyalik va O’zbekistonlik olimlar tomonidan ham darslik tariqasida yaratildi.

Iqtisodiy tahlil fanining O’zbekistonda rivojlanishi

  • 20-asrning 60 yillaridan boshlab, O’zbekiston olimlar ham iqtisodiy tahlil fani bo’yicha ijod qilishga kirishdi.
  • O’zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining yaratilishini quyidagi besh davrga bo’lish mumkin:
  • -davr -20-asrning 60 yillari; 1-Davr - O’zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining shakllanish davri.
  • -davr -20-asrning 70-yillari; 2–davr - Sobiq ittifoqda iqtisodiy tahlil maktabining shakllanish davri.
  • -davr -20-asrning 80-yillari; 3 – davr - iqtisodiy tahlil maktabining yaratilishi davri.
  • -davr -20-asrning 90-yillari; 4–davr–Iqtisodiy tahlilning o’zbek tilida yozilishi va vujudga kelish davridir.
  • 5 -davr – mustaqillik yillari. 5–davr–Mustaqillik yillari davri.

Iqtisodiy tahlilning xo’jalikni boshqarishdagi o’rni va uning tamoyillari.

  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyatini mustakil ravishda o’zi erkin boshkaradi . Bu esa , o’z navbatida iqtisodiy tahlilning rolini keskin oshiradi. Iqtisodiy tahlil orqali har bir xo’jalik yurituvchi subyektning ta’minot, ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyatlarida mavjud bo’lgan ichki va tashqi imkoniyatlar aniklanadi va ularni amaliyotga jalb qilish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Boshqaruv jarayonida boshqaruv qarorlarini qabul qilish o’ta muhim chora bo’lib hisoblanadi. Kabul kilingan karor boshqaruv jarayonining asosidir. Buni amalga oshirish uchun o’rganilayotgan obyektga kompleks yondoshilib, kamchilik va nuksonlarni tugatish uchun eng makbul chora-tadbirlar belgilanadi. Mazkur ishlar bevosita iqtisodiy tahlil orqali amalga oshiriladi.

  • Boshqaruv jarayonida boshqaruv qarorlarini qabul qilish o’ta muhim chora bo’lib hisoblanadi. Kabul kilingan karor boshqaruv jarayonining asosidir. Buni amalga oshirish uchun o’rganilayotgan obyektga kompleks yondoshilib, kamchilik va nuksonlarni tugatish uchun eng makbul chora-tadbirlar belgilanadi. Mazkur ishlar bevosita iqtisodiy tahlil orqali amalga oshiriladi.

E`tiboringgiz uchun Rahmat!


Download 6.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling