Toshkent Davlat Texnika Universiteti Muhandislik texnalogiyalari fakulteti menejment yo’nalishi 139-20 guruh talabasi Abdualiyev Shahzodbek, Esonov Ulug`bek ning ekonometrika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 1.14 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi1.14 Mb.
#1014450
Bog'liq
ekonometrika

Toshkent Davlat Texnika Universiteti Muhandislik texnalogiyalari fakulteti menejment yo’nalishi 139-20 guruh talabasi Abdualiyev Shahzodbek, Esonov Ulug`bek ning ekonometrika fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Ko’p omilli ekonometrik tahlil

  • 1. Ko’p omilli ekonometrik modellarni tuzish uslubiyati.
  • 2. Chiziqli va chiziqsiz ko’p omilli regression bog’lanishlar.
  • 3. Ko’p omilli regressiya tenglamasi parametrlarini baholashda eng kichik kvadratlar usuli.

Ko’plik korrelyatsiyasi tasodifiy ko’rsatkichlar guruhi o’rtasidagi bog’lanishlarni o’rganadi. Iqtisodiy tahlilda ko’plik korrelyatsiya usulini qo’llanilishi hisoblash texnikasi yaratilganidan so’ng kengaydi va qisqa muddatda katta yutuqlarga erishildi, ham iqtisodiy, ham matematika fanlarini rivojlanishiga o’z ulushini qo’shdi.

  • Ko’plik korrelyatsiyasi tasodifiy ko’rsatkichlar guruhi o’rtasidagi bog’lanishlarni o’rganadi. Iqtisodiy tahlilda ko’plik korrelyatsiya usulini qo’llanilishi hisoblash texnikasi yaratilganidan so’ng kengaydi va qisqa muddatda katta yutuqlarga erishildi, ham iqtisodiy, ham matematika fanlarini rivojlanishiga o’z ulushini qo’shdi.

1. Ko’p omilli ekonometrik modelllarni tuzish uslubiyati

  • Ko’plik (ko’p omilli) korrelyatsiya usuli murakkab jarayonlarni tahlil qilishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Bu usul murakkab jarayonlarda ro’y berayotgan alohida hodisalarni modellashtirish va bashorat qilish imkonini beradi.

Ko’p omilli korrelyatsiya usulidan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

  • 1. Kuzatishlar asosida to’plangan katta miqdordagi dastlabki ma’lumotlarni qayta ishlash asosida bir argumentning o’zgarishida funksiya qiymatini o’zgarishini qolgan argumentlar qiymati belgilangan sharoitda aniqlanadi.
  • 2. Qiziqtirayotgan bog’lanishga boshqa omillarni ta’sirini (o’zgartirish) darajasi aniqlanadi.

2. Chiziqli va chiziqsiz ko’p omilli regression bog’lanishlar.

  • Ko‘p omilli regressiya - bir nechta erkli o’zgaruvchilardan iborat bo’lgan tenglama:
  • Bu yerda y – bog’liq bo’lgan o’zgaruvchi (natijaviy ko’rsatkich) hisoblanadi; , , – bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchilar (omillar).
  • Juftlikdagi bog’liq bo’lgani kabi, ko’p omilli regressiya tenglamalarining chiziqli va chiziqsiz turlari mavjud. Parametrlarni aniq talqin qilish nuqtai nazaridan, chiziqli va darajali funksiyalar eng ko’p qo’llaniladi.
  •  

Chiziqli ko’p omilli regressiya

  • Chiziqli ko’p omilli regressiya tenglamada
  • parametrlari "sof" regressiya koeffitsienti deyiladi. Ular ta’sir etuvchi omil bir birlikga o’zgarsa natijaviy ko’rsatkichning o’rtacha o’zgarishini boshqa omillarning qiymati o’zgarmagan holda tavsiflaydi.

  •  

Ko’p omilli regressiya tenglamani yaratish uchun quyidagi funksiyalar ishlatiladi:

  • Chiziqli -
  • Darajali funksiya -
  • Eksponenta –
  • Giperbola -
  •  

3. Ko’p omilli regressiya tenglamasi parametrlarini baholashda eng kichik kvadratlar usuli.

  • Ko’p omilli regressiya tenglamasining parametrlarini baholash uchun odatda, eng kichik kvadratlar usuli (EKKU) qo’llaniladi, unga muvofiq shunday a va bi parametrlarining qiymatlari tanlanishi kerakki, natijaviy ko’rsatkichning haqiqiy qiymatlarining yi nazariy qiymatlarining farqi kvadratlari yig’indisi ( omillarining bir xil qiymatlari uchun) eng minimal bo’lishi kerak ya’ni,
  •  

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling