T. R. Maltusning iqtisodiy gʻoyalari


Download 13.82 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi13.82 Kb.
#1536838
Bog'liq
T.R. Maltusning iqtisodiy gʻoyalari.



T.R. Maltusning iqtisodiy gʻoyalari.
Maltusning fikricha tabiiy biologik instinktga ko‘ra, insoniyat ko‘payish
imkoniyatiga ega va doimo shunga intiladi, ammo jonivor va usimliklar
qarama -qarshi ravishda bu jarayonni cheklash imkoniga ham ega bo‘lib,
xayvonot dunyosidan ajralib turadi. Shunday qilib, maltus ta’limoti bo‘yicha
kapitalizm illatlari insoniyatning beixtiyor qismatidir. Nazariy jixatdan bu
fikrlarda xech qanday ilmiylik yo‘q. Bu «qonun»dagi asosiy g‘oyalar ungacha
bo‘lgan olimlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ugirlangan, chunki o‘z davrida styuart,
uolles, taunsend va boshqalar bu masalani yoritgan edilar. Maltusning bu
nixoyatda reaksion xulosalari qattiq tankidga uchradi. Tugulishni kamaytirish
uchun u nikox yoshini oshirishni, davlat tomonidan bolalarga beriladigan
nafakalarni butunlay bekor qilishni taklif etdi. Maltus bu tankidlardan xulosa
chiqarib, 1820 yilda o‘z asarini qayta ishlab chikdi va unda o‘z fikrlarini ancha
yumshatishga intildi; ayniqsa ystiga dam -badam yogilib turadigan va axolini
ulimga maxkum etadigan balo-ofatlarni zaruriy deb xisoblashdan voz kechdi
va kechirim suradi, uni noto‘g‘ri tushunganliklarini aytib utdi, ammo u
o‘zining bosh fikridan kaytmadi. Maltus «doktrinasi» avvalo metodologik
jixatdan noto‘g‘ri edi, chunki xech qanday isbotsiz tabiat qonunlari jamiyat
xayotida qullaniladi, vaxolangki insonlar usimlik va xayvonot dunyosidan
farqli ularok, faqat iste’mol qilmaydilar, balki o‘zlari ishlab chikadilar va
tirikchilik vositasini ko‘paytirish imkoniyatlariga egadirlar. Maltus
progressiyalari statistik va amaliy (faktik) materiallarni ochikdan-ochik
soxtalashtirishdir (falsifikatsiya).

Unda berilgan ma’lumotlar AQShning XVI-


XVIII asrlardagi axoli o‘sishiga nisbati sifatida keltiriladi, bu mamlakat
axolisining asosan Yevropa axolisining emmigratsiyasi xisobiga ko‘payganligi
xaqidagi «arzimas» fakt esa xisobga olinmagan (tabiiy o‘sishi bor,
emmigratsiya bor).
Maltus iqtisodiyotining bir qancha boshqa masalalari bo‘yicha ham o‘z
fikrlarini beradi, uning ayniqsa qiymat, foyda va realizatsiya bo‘yicha g‘oyalari
dikkatga sazovardir. Maltus o‘z masalalarini xal etishda d. Rikardoning
g‘oyalariga qarshi chikdi va bunda A.Smitdan foydalanadi. Uningcha tovarning
qiymati shu tovarni sotib olishga ketgan mexnat bilan aniklanadi. Maltus
g‘oyasining «Yangiligi» shu «kimmat ulchovi»ni izoxlashdir. Smitning
fikricha, tovarni sotib olish uchun sarflangan mexnat uni ishlab chiqarishga
ketgan mexnatga tengdir. Maltusning fikricha, tovarlardagi mexnat miqdori
uni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlardan iborat bo‘lib, bu ko‘rsatkich tirik va
jonsiz mexnat plyus avanslangan kapitalga foydadan jamlanadi bunda
qiymatning xosil bo‘lishi ishlab chiqarish sohasidan muomala sohasiga
kuchiriladi, iste’mol qiymati esa almashuv qiymati bilan korishtirilib
yuboriladi. Maltus tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlaridangina
iborat deb ko‘rsatadi va xaridor tovar sotuvchiga ish xaqidan tashqari foydani
ham to‘lashi kerak, deb uylaydi, foyda tovarning qiymatiga nominal
qo‘shimcha deb xisoblanadi. Foyda mexnatdan ajratib kuyiladi, ya’ni
kapitalistning foydasi qo‘shimcha emas, balki tovarni o‘z qiymatidan ortiqka
sotish tufayli payda bo‘ladi, noekvivalent ayriboshlashning mavjudligi
isbotlanadi.
Download 13.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling