T. R. Maltusning iqtisodiy gʻoyalari
Download 13.82 Kb.
|
T.R. Maltusning iqtisodiy gʻoyalari.
T.R. Maltusning iqtisodiy gʻoyalari. Maltusning fikricha tabiiy biologik instinktga ko‘ra, insoniyat ko‘payish imkoniyatiga ega va doimo shunga intiladi, ammo jonivor va usimliklar qarama -qarshi ravishda bu jarayonni cheklash imkoniga ham ega bo‘lib, xayvonot dunyosidan ajralib turadi. Shunday qilib, maltus ta’limoti bo‘yicha kapitalizm illatlari insoniyatning beixtiyor qismatidir. Nazariy jixatdan bu fikrlarda xech qanday ilmiylik yo‘q. Bu «qonun»dagi asosiy g‘oyalar ungacha bo‘lgan olimlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ugirlangan, chunki o‘z davrida styuart, uolles, taunsend va boshqalar bu masalani yoritgan edilar. Maltusning bu nixoyatda reaksion xulosalari qattiq tankidga uchradi. Tugulishni kamaytirish uchun u nikox yoshini oshirishni, davlat tomonidan bolalarga beriladigan nafakalarni butunlay bekor qilishni taklif etdi. Maltus bu tankidlardan xulosa chiqarib, 1820 yilda o‘z asarini qayta ishlab chikdi va unda o‘z fikrlarini ancha yumshatishga intildi; ayniqsa ystiga dam -badam yogilib turadigan va axolini ulimga maxkum etadigan balo-ofatlarni zaruriy deb xisoblashdan voz kechdi va kechirim suradi, uni noto‘g‘ri tushunganliklarini aytib utdi, ammo u o‘zining bosh fikridan kaytmadi. Maltus «doktrinasi» avvalo metodologik jixatdan noto‘g‘ri edi, chunki xech qanday isbotsiz tabiat qonunlari jamiyat xayotida qullaniladi, vaxolangki insonlar usimlik va xayvonot dunyosidan farqli ularok, faqat iste’mol qilmaydilar, balki o‘zlari ishlab chikadilar va tirikchilik vositasini ko‘paytirish imkoniyatlariga egadirlar. Maltus progressiyalari statistik va amaliy (faktik) materiallarni ochikdan-ochik soxtalashtirishdir (falsifikatsiya). Unda berilgan ma’lumotlar AQShning XVI- XVIII asrlardagi axoli o‘sishiga nisbati sifatida keltiriladi, bu mamlakat axolisining asosan Yevropa axolisining emmigratsiyasi xisobiga ko‘payganligi xaqidagi «arzimas» fakt esa xisobga olinmagan (tabiiy o‘sishi bor, emmigratsiya bor). Maltus iqtisodiyotining bir qancha boshqa masalalari bo‘yicha ham o‘z fikrlarini beradi, uning ayniqsa qiymat, foyda va realizatsiya bo‘yicha g‘oyalari dikkatga sazovardir. Maltus o‘z masalalarini xal etishda d. Rikardoning g‘oyalariga qarshi chikdi va bunda A.Smitdan foydalanadi. Uningcha tovarning qiymati shu tovarni sotib olishga ketgan mexnat bilan aniklanadi. Maltus g‘oyasining «Yangiligi» shu «kimmat ulchovi»ni izoxlashdir. Smitning fikricha, tovarni sotib olish uchun sarflangan mexnat uni ishlab chiqarishga ketgan mexnatga tengdir. Maltusning fikricha, tovarlardagi mexnat miqdori uni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlardan iborat bo‘lib, bu ko‘rsatkich tirik va jonsiz mexnat plyus avanslangan kapitalga foydadan jamlanadi bunda qiymatning xosil bo‘lishi ishlab chiqarish sohasidan muomala sohasiga kuchiriladi, iste’mol qiymati esa almashuv qiymati bilan korishtirilib yuboriladi. Maltus tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlaridangina iborat deb ko‘rsatadi va xaridor tovar sotuvchiga ish xaqidan tashqari foydani ham to‘lashi kerak, deb uylaydi, foyda tovarning qiymatiga nominal qo‘shimcha deb xisoblanadi. Foyda mexnatdan ajratib kuyiladi, ya’ni kapitalistning foydasi qo‘shimcha emas, balki tovarni o‘z qiymatidan ortiqka sotish tufayli payda bo‘ladi, noekvivalent ayriboshlashning mavjudligi isbotlanadi. Download 13.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling