T. S. Malikov


Xo‘jalik yurituvchi subyektning innovatsion-


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/141
Sana26.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1724852
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   141
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

7.2. Xo‘jalik yurituvchi subyektning innovatsion- 
investitsion strategiyasini shakllantirish 
 
 
Ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan qayta qurish va moder-
nizatsiyalash faqat iste’molchilarning so‘rov (ehtiyoj)larini yanada to‘la-
roq qondirish nuqtai nazaridan emas, balki yakuniy mahsulot birligiga 
to‘g‘ri keluvchi moddiy va mehnat xarajatlarini qisqartirish hisobidan 
XYuS daromadini oshirish uchun ham muhim hisoblanadi. Bozor 
sharoitida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish uchun ular taraqqiyotning 
eng ilg‘or tendensiyalariga muvofiqligini aniqlash, ularni amalga oshi-
rishning strategik yo‘nalishlarini qidirib topish ham alohida ahamiyat 
kasb etadi. Rivojlangan bozor samaradorlik va ish sifatining ijtimoiy-
zaruriy ko‘rsatkichlarini ta’minlay olmaydigan ishlab chiqarishning past 
texnik-texnologik darajasiga iqtisodiy jihatdan yo‘l bermaydi. Ana shu 
shartga rioya qilingan holdagina iste’molchilarning ehtiyojlarini qondi-


218
rish, ratsional nisbatlarga erishish, ishlab chiqarish salohiyatidan yanada 
to‘liqroq foydalanish va resurslarni tejab-tergashga imkoniyat tug‘iladi. 
Ana shu muhim vazifani yechishga bozorning barcha iqtisodiy mexa-
nizmi, jumladan, baholar, soliqlar, kredit, bank foizi va boshqalar yo‘-
naltirilgan bo‘lmog‘i lozim. Bunda iqtisodiyotning ijtimoiy sohasini yu-
qori sur’atlarda rivojlantirish, bosqichma-bosqich kishilarning moddiy 
va ma’naviy ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirishga o‘tish juda mu-
him. 
Qattiq pul va moliya-kredit siyosatining hayotga tatbiq etilishi, 
amaliyotning ko‘rsatishicha, inflatsiya sur’atlarining pasayishiga olib 
kelishi mumkin, lekin bu narsa sifat jihatidan iqtisodiy o‘sishga o‘tish-
ning, faol tuzilmaviy qayta qurishning va ishlab chiqarish taraqqiyoti-
ning investitsion jihatdan ta’minlashning mustahkam yo‘nalishi bo‘la 
olmaydi. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning jadallashuviga moliyaviy va 
investitsion bozorlarning shakllanishi o‘zining katta ta’sirini ko‘rsatadi. 
Bu yerda o‘z qo‘lida juda katta texnologik va resurs salohiyatini mujas-
samlashtirgan yirik korporatsiyalar va moliya-sanoat guruhlari tomoni-
dan qattiq raqobat namoyon bo‘ladi. Bu salohiyatdan samarali korpora-
tiv foydalanish mexanizmlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, raqobat-
bardosh mahsulotni ishlab chiqarish, mamlakatning tashqi bozorlarga 
chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan strategik vazifalarning echilishiga o‘z 
ta’sirini ko‘rsatadi. 
XYuSlarning innovatsion strategiyasi uchun ular investitsion faoli-
yatini rag‘batlantirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu samarali moliya-
kredit va investitsion siyosatni amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq. 
Shuningdek, bu yerda xo‘jalik faoliyatini rag‘batlantirishni ta’minlash, 
ishlab chiqarishning boshqaruvchanlik darajasi va uning investitsion 
sohasini oshirish talab qilinadi. Takror ishlab chiqarish barcha sikli va u 
investitsion sohasining dinamikasini qamrab oluvchi asosiy prinsiplarni 
har bir XYuSda ishlab chiqish juda muhim. 
Birinchidan, samarali investitsion dasturlar va ishlab chiqarishni 
yangilash loyihalari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘li orqali va 
bir vaqtning o‘zida bozor o‘z-o‘zini tartibga soluvchilarining ta’siri 
ostida amalga oshirilmog‘i lozim. 
Ikkinchidan, ishlab chiqarishni yangilashning yangi texnikasi va 
ilg‘or texnologiyasi faqat “innovatsiyalar – investitsiyalar – tarkibiy 
qayta qurish” bloklarining organik jihatdan bog‘liqligi sharoitida yuqori 
natijalarni berishi mumkin. Muammoni hal etishga bunday yondashuv 


219
korporatsiyalar, firmalar va XYuSlarning faqat uzoq muddatli istiqbolda 
emas, balki o‘rta muddatli davrda ham ishlab chiqarish-tijoriy faoliyati-
da integral samaraning o‘sishiga xizmat qiladi. 
Uchinchidan, ishlab chiqarish va investitsion sohani tarkibiy jihat-
dan qayta qurishning informatsion qismi ham o‘sib boruvchi ahamiyatga 
ega. Iqtisodiyotni va takror ishlab chiqarishni butunlay bozor transfor-
matsiyalashuvining asosiy yo‘nalishlarini dasturiy ta’minlashning infor-
matsion tizimidagi iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish mexanizmidagi 
kamchiliklar asoslangan ishlab chiqarish-texnologik qarorlari qabul qi-
lishni, buyurtmalar portfelini shakllantirishni va ishlab chiqarish quv-
vatlaridan samarali foydalanishni murakkablashtiradi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling