T. S. Malikov
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
– fond qaytimi;
R м – realizatsiya qilingan mahsulot hajmi; 33 A ф – asosiy fondlarning yillik o‘rtacha qiymati. Asosiy fondlarning aktiv qismiga (dastgohlar, mashinalar, mexa- nizmlar va h.k.) qancha ko‘p asosiy kapital joylashtirilgan bo‘lsa va ular yil davomida qanchalik ko‘p aylanish sodir etsa, XYuS shuncha ko‘p foyda oladi. Aylanma aktivlar XYuS kapitalining eng faol elementi hisobla- nadi. Yil davomida ular aylanishining miqdori kapitaldan foydalanish- ning intensivlik darajasini ko‘rsatadi. XYuSning aylanma mablag‘lari eng faol “ishlovchi” kapitaldir. Shu munosabat bilan kapitalning faollik koeffitsiyenti alohida ahamiyat kasb etib, uni aniqlashni formula yor- damida quyidagicha aks ettirsa bo‘ladi: K фк = K аа : K ба , Bu yerda: K фк – kapitalning faollik koeffitsiyenti; K аа – aylanma aktivlar (ishlayotgan kapital); K ба – barcha aktivlar (XYuSning barcha kapitali). Shuning uchun ham, XYuS rezervlarining butun bir qismi aylanma mablag‘lardan foydalanish, ular aylanishining tezligi bilan bog‘liq. Ana shu maqsadda ishlab chiqarish zaxiralarining ortiqcha qismini qidirib topish va realizatsiya qilish asosida aylanma mablag‘larning tarkibiy tuzilishini optimallashtirish, debitorlik qarzlari va tayyor mahsulot zaxi- ralariga qo‘yilmalarni qisqartirish talab etiladi. Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirishning rezervlarini qidirib topish uchun ularning absolut va nisbiy ozod bo‘lishini (bo‘sh bo‘lishini, bo‘- shashini) aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tahlil qilinayotgan davrning boshi va oxiridagi aylanma mab- lag‘lar haqiqiy o‘lchamlari o‘rtasidagi farq ularning absolut ozod bo‘li- shini (absolut iqtisod qilinganligini) ko‘rsatadi. Aylanma mablag‘lar- ning nisbiy ozod bo‘lishi esa ularning hisobli o‘lcham taqqoslaganda qancha iqtisod qilinganligi tavsiflaydi, o‘tgan davrda ulardan foyda- lanish samaradorligini hisobga olgan holda haqiqatdagi aylanishga xiz- mat qilish uchun XYuSga qancha aylanma mablag‘lar kerak bo‘lishi mumkinligidan darak beradi. 34 Nisbiy ozod bo‘lish XYuS aylanma mablag‘laridan foydalanishning samaradorlik darajasini xarakterlaydi – ularning shartli ozod bo‘lishini ko‘rsatadi va uni quyidagicha aniqlash mumkin: Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling