T. S. Malikov


Moliyaviy rezervlar – xo‘jalik yurituvchi subyektni


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/141
Sana26.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1724852
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   141
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

2.3. Moliyaviy rezervlar – xo‘jalik yurituvchi subyektni 
isloh qilish tizimida 
 
Go‘yo to‘liq tugallangandek bo‘lishiga qaramasdan XYuSda ri-
vojlanishning qo‘shimcha resurslarini qidirib topishda doimiy ravishda 
imkoniyat paydo bo‘ladi. XYuSlarning taraqqiyotini belgilaydigan omil-
larning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladigan foydalanilmagan po-
tensial imkoniyatlar ular ishlab chiqarish-iqtisodiy va moliyaviy fao-
liyatining rezervlari sifatida maydonga chiqadi. 


30
Moliyaviy rezervlarni qidirib topishning asosiy metodi moliyaviy 
tahlil hisoblanadi. Aynan moliyaviy tahlil asosida moliyaviy rezervlarni 
qidirib topish bo‘yicha XYuSning siyosati ishlab chiqiladi. Faoliyat 
ko‘rsatish sharoitlaridan qat’iy nazar rezervlarni qidirib topish va ularni 
amalga oshirish XYuS xodimlari uchun doimiy faoliyatga aylanmog‘i 
lozim. Xorijiy (Yaponiyadagi sifat to‘garaklari, AQSh va Germaniya-
dagi yangiliklar to‘g‘risidagi takliflarni rag‘batlantirish va boshqalar) va 
mamlakatimizdagi ilg‘or kompaniyalarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, 
qayerda rezervlarni izlash va ulardan foydalanish uzluksiz davom eta-
yotgan, yangiliklar keng joriy etilayotgan bo‘lsa, o‘sha yerda inves-
titsiyalar o‘sadi, XYuSning moliyaviy ahvoli mustahkamlanadi, iqtiso-
diy taraqqiyot sur’atlari oshadi. 
Moliyaviy rezervlarni shakllantirish omillari tizimi juda keng. Mu-
himligiga ko‘ra ularning darajalarini quyidagilarga ajratish mumkin 
(2.3.1-chizmaga qarang): 
Moliyaviy, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalaridagi eng muhim 
rezerv bu xodimlarning malakasini oshirishdir. Rivojlanayotgan intellek-
tual inqilob, “bilimlar iqtisodiyoti”ga o‘tish va xodimlarning intellektini 
shakllantirish sharoitida qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarida 
ularning moddiylashuvi iqtisodiy o‘sishning strategik omiliga aylanadi. 
Moliyaviy menejerlarning yuqori kasbiy darajasi XYuSning moliyaviy 
barqarorlik darajasini oshirish rezervlarining barcha ko‘rinishlarini 
qidirib topish va amalga oshirishning asosiy shartidir. Savodsizlik bilan 
qabul qilingan moliyaviy qarorlar (bizning amaliyotimizda bunday qa-
rorlar juda ko‘p va tez-tez uchrab turadi) makro va mikrodarajada juda 
katta hajmdagi yo‘qotishlarga olib keladi. Shuning uchun ham, kadrlar-
ning malakasini oshirish va xodimlarda zamonaviy intellektual salohi-
yatni shakllantirish kompaniyalar tomonidan murakkab zamonaviy mo-
liyaviy-iqtisodiy vazifa (muammo) larni yechishning asosiy sharti hisob-
lanadi. 
Moliyaviy rezervlar XYuS iqtisodiyotining yagona kompleks sifatida 
rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan. Xomashyo va materiallarni iste’mol 
qilishdagi o‘zgarishlar, mehnat unumdorligining o‘sishi yoki kamayishi, 
asosiy fondlardan foydalanishning yaxshilanishi yoki yomonlashuvi va 
h.k. – bularning barchasi kompaniyaning daromadi darajasini, uning 
moliyaviy ahvolini belgilab beradi. Xuddi shu narsa bozor sharoit-
larining – baho, raqobatchilarning paydo bo‘lishi, xo‘jalik va boshqa 
risklarning – o‘zgarishiga ham tegishlidir. Moliyaviy natijalar – xo‘jalik 


31
faoliyatining yakuniy natijasi – doimiy ravishda ichki va tashqi omil-
larning ta’siri ostida bo‘ladi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling